Termiz arxeologiya muzeyida 40 mingdan ortiq arxeologik topilma va qadimiy buyumlar toʼplangan.
Termiz arxeologiya muzeyida 40 mingdan ortiq arxeologik topilma va qadimiy buyumlar toʼplangan.
Xalqaro muzeylar kunida Termiz arxeologiya muzeyida ham ochiq eshiklar kuni boʼlib oʼtdi.
2001 yilda Termiz shahrining 2500 yilligi sharafiga tashkil qilingan Termiz arxeologik muzeyi mamlakatning asosiy muzeylaridan biri hisoblanadi.
Bu yerda 40 mingdan ortiq arxeologik topilma va qadimiy buyumlar toʼplangan. Mahalliy kutubxonada 17 mingdan ortiq kitob, shu jumladan, koʼp tillarda yozilgan qadimiy asarlar mavjud.
Muzeyda tosh hovuz, haykallar, kulolchilik buyumlari kabi sopol idishlar hamda mintaqa tarixidagi turli davrlarga oid 20 ta arxeologik yodgorliklarni, noyob buyumlarni koʼrish mumkin.
Muzeyning asosiy zallariga tashrif buyurib, Kushon imperiyasining tarixi, Ellinlar madaniyati, qadimgi Baqtriya, tosh va bronza asrlari, Shimoliy Toxariston madaniyatiga oid qimmatli maʼlumotlarga ega boʼlish mumkin. Shuningdek, bu yerda qadimiy buyumlarni tiklash ustaxonasi ham mavjud.
Tadbir munosabati bilan muzeyga tashrif buyurgan mehmonlar uchun “Temuriylar davrining yigirma minglik xazinasi” nomli koʼrgazmasi namoyish etildi.
.