“Mahallabay” ishlash tizimining ijrosi amalda
“Mahallabay” ishlash tizimining ijrosi amalda
Bugun, 11 iyunь kuni Termiz shahrida “Mahallabay” ishlash tizimi doirasida shahar hokimi, 1-sektor rahbari Isroil Xudoyberdiev fuqarolarning murojaatlari yuzasidan qabul oʼtkazdi.
Qabulda 21 nafar fuqarolar qatnashib, ular tomonidan davolanish masalasida imtiyozli tibbiy yordam olish, moddiy yordam, ish bilan taʼminlash, imtiyozli kredit olish kabi masalalardagi murojaatlar bildirildi.
Jumladan, fuqaro Fotima Muhammedovaning farzandiga quloq eshitish apparati olish masalasida qilgan murojaati shu kunning oʼzida berilib ijobiy hal etildi.
Xosiyat Vafoqulova esa koʼzini operatsiya qildirish masalasida moddiy yordam soʼrab qilgan murojaati yuzasidan, mutasaddilarga mazkur fuqaroni “Аyollar daftari”iga roʼyxatga qoʼshish hamda davolanishi uchun mablagʼ ajratishi belgilandi.
Fuqarolar Bibixol Joʼraeva, Raʼno Menglieva, Shabnam Аbdullaeva hamda Qurbonoy Rajabovalar bir martalik moddiy yordam olish masalasidagi murojaati oʼrganib chiqilib, amaliy yordam koʼrsatiladigan boʼldi. Shuningdek, Zulxumor Eshquvvatova va Gulchehra Ximmatovalarning ishga joylashish masalasida qilgan murojaatini hal etilishi boʼyicha mutassadi tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriq berildi.
Vaqt talab etiladigan murojaatlarni hal etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.