Termiz shahrida 18 may kuni 4 ta mahalla fuqarolar yigʼinida rais (oqsoqol) saylovi boʼlib oʼtadi
Termiz shahrida 18 may kuni 4 ta mahalla fuqarolar yigʼinida rais (oqsoqol) saylovi boʼlib oʼtadi
Termiz shahrida joriy yil 16 may kunidan boshlangan saylovlar hozirgi kunga qadar 8 ta mahalla fuqarolar yigʼinlarida boʼlib oʼtdi. Saylovlar boʼlib oʼtgan barcha mahallalarda ovoz berish jarayonlari qonunchilik talablariga asosan, ochiq va shaffof tarzda oʼtkazildi. Jarayonlarni aholi vakillari bevosita kuzatib borishlari uchun sharoitlar yaratib berildi.
Har bir mahallada oʼtkaziladigan saylov jarayonlariga shahar koʼmaklashuvchi komissiyasi aʼzolari biriktirilgan boʼlib, ularga saylovlarning belgilangan tartibda amalga oshirilishini taminlash vazifasi yuklatilgan. Shuningdek, jarayonlarda shahar Kengashi deputatlari ham ishtirok etishib, saylov jarayonlarining borishini nazorat qilib borishmoqda.
Bugun shahrimizning 4 ta mahallasida, “Chegara”, “Doʼstlik”, “Nurli kelajak” va “Farxod” mahallalarida mahalla raisligi (oqsoqoli) uchun saylovlar boʼlib oʼtadi.
Fotolavhada “Bogʼzor” mahallasida oʼtkazilgan saylov jarayonlari