Termiz shahrida aralash jang sanʼatlari boʼyicha professionallar oʼrtasida xalqaro turnir boʼlib oʼtmoqda
Termiz shahrida aralash jang sanʼatlari boʼyicha professionallar oʼrtasida xalqaro turnir boʼlib oʼtmoqda
Bugun, 15 may kuni Termiz shahridagi amfiteatrda ikkinchi marotaba oʼtkazilayotgan aralash jang sanʼatlari boʼyicha professionallar oʼrtasida “Hokim kubogi” xalqaro turniri boshlandi.
Mazkur bellashuvlarda Surxon oʼgʼlonlari va yurtimizdagi eng kuchli jangchilar qoʼshni respublikalar – Tojikiston, Qirgʼiziston, Rossiya, Qozogʼistondan kelgan raqiblari bilan kuch sinashishmoqda
Murosasiz bahslar, shiddatli janglarni viloyat hokimligi matbuot xizmatining You Tube kanali hamda viloyat televideniesining jonli efiri orqali toʼgʼridan-toʼgʼri kuzatishingiz mumkin.
Tadbir yakunida tashkilotchilar tomonidan yaqindan hamkorlik qilib, faollik va shijoat ko‘rsatib kelayotgan idora xodimlari hamda jamoatchilik vakillariga tashakkurnomalar taqdim etildi.
Bundan tashqari, kun mavzusidan kelib chiqib oilalar o‘rtasida fleshmoblar uyushtirildi.