Oila-ma’naviyat qo‘rg‘oni
Mudofaa vazirligi Jamoatchilik kengashi Surxondaryo viloyati mintaqaviy bo‘linmasi va Termiz shahar Manaviyat va ma‘rifat bo‘linmasi hamkorligida Termiz shahrida joylashgan N-sonli harbiy qism Madaniyat markazida "15-may Xalqaro oila kuni"ga bag‘ishlangan “Oila-ma’naviyat qo‘rg‘oni” mavzuida madaniy-marifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Janubiy operativ qo‘mondonligi, Termiz harbiy prokuraturasi, viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi, shahar Adliya bo‘limi, keng jamoatchilik vakillari hamda harbiy xizmatchilar va ularning oila azolari, shuningdek shahar mahalla fuqarolari yig‘inlaridan oilalar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar "15-may Xalqaro oila kuni" munosabati bilan barchani tabriklab, oila muqaddas tushuncha ekanligi, uni asrab-avaylash, mustahkam oila - jamiyat poydevoriligi to‘g‘risida ma‘lumotlar berib o‘tdilar.
Tadbirda davomida Termiz ixtisoslashtirilgan san‘at maktabi badiiy jamoasi tomonidan bayramona kuy-qo‘shiklar kuylanib tomoshabinlar qalbiga xushyoqqan bo‘lsa,Termiz muhandislik texnologiyalari instituti qoshidagi "Chag‘oniyon" teatr jamoasining o‘zbek milliy oilalari, ularda saqlanib qolgan qadriyatlarga asoslanib sahnalashtirilgan chiqishlari barchaga manzur bo‘ldi.