Termiz shahrida 8 soatdan ortiq davom etgan sayyor qabulda 400 nafarga yaqin fuqarolarning muammolari tinglandi
Termiz shahrida 8 soatdan ortiq davom etgan sayyor qabulda 400 nafarga yaqin fuqarolarning muammolari tinglandi
Bugun, 14 may kuni Termiz shahridagi San’at saroyi hududida Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovning sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabulda Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, viloyat sektorlar rahbarlari, viloyat hokimining o‘rinbosarlari, Termiz shahri hokimi, boshqarma va tashkilotlar, Xalq qabulxonasi hamda shahardagi korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Sayyor qabul davomida 367 nafar fuqaroning 448 ta murojaati o‘rganildi. Murojaatlarning 83 tasi mas’ullar tomonidan joyida hal etilgan bo‘lsa, 37 tasiga huquqiy tushuntirish berildi. Vaqt talab etiladigan 328 ta murojaatning ijrosini ta’minlash uchun muddat belgilanib, mas’ullar biriktirildi.