UCH AVLOD UCHRASHUVI O‘TKAZILDI
UCH AVLOD UCHRASHUVI O‘TKAZILDI
Termiz shahrida joylashgan viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvichilarni harbiy-texnik mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash Markazida "Xotira bor ekan, millat barhayot” shiori ostida "Uch avlod uchrashuvi" manaviy-marifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Janubiy operativ ko‘mondonligi, Termiz harbiy prokuraturasi, viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi Surxondaryo viloyat mintaqaviy bo‘linmasi, viloyat "Faxriylar ishlari" bo‘yicha viloyat kengashi va O‘zbekiston Respublikasi “Veteran” jangchi-faxriylar va nogironlar Surxondaryo viloyat kengashi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat bo‘limi, RMMM Termiz shahar Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi a’zolari va afg‘on urushi qatnashchilari, mudofaa vazirligi harbiy nafaqaxo‘rlari va faxriy nuroniylar qatnashdilar.
Tadbir davomida san'atga qiziquvchi Markaz chaqiriluvichisi A.Ne'matov tomonidan do‘mbirada dillarga xushkayfiyat ulashuvchi kuy ijro etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar Markazining chaqiriluvichilarga yaratilgan shart- sharoitlar hamda o‘quv mashg‘ulotlari olib boriladigan xonalari bilan yaqindan tanishib chiqdilar.