Surxondaryoda Saljuqiylar oltin dinori topildi
Surxondaryoda Saljuqiylar oltin dinori topildi
Termiz tumanining Doʼstlik mahallasida yashovchi Ulkan Eraliev bogʼni sugʼorish chogʼida yerdan sariq metall parchasini topib, Termiz arxeologiya muzeyiga murojaat qilgan.
Mutaxassislardan iborat guruh topilma aniqlangan joyda dastlabki ish jarayonini olib borib, Qoraxoniylar va Saljuqiylar davriga oid kulolchilik buyumlari parchalarini topgan.
U.Eraliev qimmatbaho topilmani Termiz arxeologiya muzeyiga topshirgan. Unga amaldagi qoidalarda belgilangan haq toʼlab berilgan. Muzey mutaxassislari va numizmatlari tomonidan qimmatbaho topilma dastlabki ekspertizadan oʼtkazilgan.
Mutaxassilarning aytishicha, oltin dinorning old Аlloh va Muhammad soʼzlari yozilgan. Tanganing orqa tomonidagi matn deyarli oʼchib ketgan. Shikastlangan, lekin yaxshi saqlanib qolgan tanga – oltin dinorning ogʼirligi 1,92 grammni tashkil qiladi.
Eslatib oʼtamiz, musulmon mamlakatlarida tilla tangalar “dinor”, kumush tangalar “dirham” deb atalgan.