SAYLOVNI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH YUZASIDAN SEMINAR BO‘LIB O‘TDI
SAYLOVNI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH YUZASIDAN SEMINAR BO‘LIB O‘TDI
Barchamizga ma’lumki, Oliy Majlis Senati Kengashining 2022-yil 16-martdagi Qaroriga asosan joriy yil may-iyun oylarida fuqarolar yig‘ini raislarining navbatdagi saylovi o‘tkaziladi.
Bugun, 10-may kuni shahar hokimligi yig‘ilishlar zalida Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi Termiz shahar komissiyasi hamda 37 ta mahalladagi ishchi guruhlar uchun seminar o‘tkazildi.
Seminarda yaqin kunlarda boshlanadigan saylovni qonunda belgilangan tartibda tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan mutaxassislar tomonidan ma’ruzalar qilinib, ishtirokchilarning savollarga batafsil javoblar berildi.