30-aprel - Umumxalq xayriya hashari
30-aprel - Umumxalq xayriya hashari
Termiz shahrida "Mahalla obodligi – yurt farovonligi" shiori ostida umumxalq xayriya hashari uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.
Termiz shahridagi mahallalar va mehnat jamoalarida tevarak-atrofni tartibga keltirish, obodonlashtirish, ariq-zovurlar, xiyobonlarni tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.
Obodonlashtirish ishlari jarayonida mahallalar, aholi punktlari, ko‘p qavatli uylar, hovlilar, bog‘ va saylgohlar, qabristonlar, yakka yolg'iz o'zgalar parvarishiga muxtoj bo'lgan keksalar xonadonlarini tartibga keltirishmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda, "Mahalla obodligi – yurt farovonligi" shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari yurtdoshlarimizning ahilligi, hamjihatligining yana bir yorqin namunasi bo‘lishiga shubha yo‘q.