BIR ZIYOLI BIR MAHALLAGA MA’NAVIY HOMIY
BIR ZIYOLI BIR MAHALLAGA MA’NAVIY HOMIY
Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti hamda O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik Kengashi Surxondaryo viloyati mintaqaviy bo‘linmasi bilan hamkorlikda “Guliston” mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvarda qabul qilingan “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-92-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari hamda mahalla yoshlari o‘rtasida kecha “Amudaryo” dam olish maskanida “Bir ziyoli bir mahallaga ma’naviy homiy” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirda janubiy operativ qo‘mondonligi, viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi, Termiz harbiy prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi Surxondaryo viloyati mintaqaviy bo‘linmasi va viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi faxriylar bilan ishlash bo‘limi hamda bir guruh faxriylar O‘zbekiston Respublikasi “Veteran” jangchi-nogironlar Surxondaryo viloyat bo‘limi va jamoatchilik kengashi a’zolari, Termiz pedagogika instituti xavaskor talabalari, Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi, o‘quvchi yoshlar va viloyat MIB huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash Markazining chaqiriluvchilari ishtirok etdilar.
Tadbirning badiiy qismida Termiz garnizoni manaviyat va marifat harbiy orkestr jamoasi o‘zlarining vatanni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlari hamda harbiy xizmatchilar tomonidan namoyish etilgan qo‘l jangi chiqishlari bilan ishtirok etdi.
Ushbu tadbir barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.