Termiz shahrida amalga oshirilayotgan islohotlar keng jamoatchilikka yetkazilmoqda
Termiz shahrida amalga oshirilayotgan islohotlar keng jamoatchilikka yetkazilmoqda
Bugun, 9 iyunь kuni Yoshlar markazi binosida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning Surxondaryo viloyatiga joriy yil 1-2-iyunь kunlarida tashrifi davomida belgilangan vazifalar, dasturlar va boshqa masalalar boʼyicha Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari tomonidan oʼtkaziladigan targʼibot-tashviqot tadbirini viloyat Kengashining 2021 yil 4 iyundagi № 09- 01/380-sonli topshirigʼi ijrosini taʼminlash maqsadida belgilab berilgan ish-reja asosida tashkil etildi.
Mazkur tadbirga shahardagi deputatlar, mahalla faolllari, nuroniy otaxonlar, yoshlar, ayollar hamda keng jamoatchilik jalb qilinib, 190 nafar kishi qamrab olindi. Tadbirni 2-sektor rahbari, shahar prokurori Mamatqulov Xudoynazar Panjievich ochib berdi. Shuningdek, Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati, Termiz shahridagi 11-maktab oʼqituvchisi Normuradova Dilbar Аbdikosimovna tomonidan Prezidentimizning viloyatimizga tashrifi davomida ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda belgilangan vazifalar xususida maʼruza qildi. Tadbirda “Аyollar”, “Yoshlar” va “Temir” daftarlarga kiritilgan oilalar bilan olib boriladigan vazifalar Termiz shahridagi 2 – sektor masʼul kotibi Qosimov Sherzod Jaxongirovichning maʼruzasi tinglandi.
Ochiq muloqot jarayonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi. Targʼibot tadbiri juda koʼtarinki, qizgʼin tarzda oʼtdi.