IJODKORLAR BILAN UCHRASHUV
IJODKORLAR BILAN UCHRASHUV
Mudofaa vazirligi tizimida harbiy xizmatchilarning keng jamoatchilik vakillari, xususan, shoir va yozuvchilar, adabiyotshunos olimlar bilan birgalikda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuv hamda davra suhbatlari uyushtirishi an’ana tusiga kirgan. Bularning zamirida esa harbiylar o‘zlarining bo‘sh vaqtlarini maroqli, ayni damda foydali o‘tkazishi, qolaversa, vatanimiz tarixi va bugunini teran anglashi, ularda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini hamda vatanparvarlik dunyoqarashlarini yanada boyitish, harbiy burchini bajarishda ruhan, ma’nan va jismonan tetiklikni o‘zida mujassam eta olishi kabi maqsadlar yotibdi.
Harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar ishchi xizmatchilari bilan ma’naviy — ma’rifiy bilimlarini mustahkamlash, ularda vatanparvarlik, vatanga muhabbat, milliy istiqlol g‘oyalariga sodiqlik, Qurolli Kuchlarga hurmat tuyg‘usini shakllantirish, buyuk ajdodlarimizning hayoti va faoliyatidagi yorqin misollarni targ‘ib qilish orqali, jasurlik va mardlik, faxr va iftixor tuyg‘ularni oshirish maqsadida joriy yilning 22-aprel kuni “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati axborot kutubxona markazida “Kitobsevar millat” shiori ostida viloyat MIB huzuridagi chaqiriluvichilarni harbiy-texnik mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash markazining chaqiriluvchilari hamda o‘quvchi yoshlar ishtirokida ijodiy uchrashuv tashkil qilindi.
Tadbirda janubiy operativ qo‘mondonligi, viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi, Termiz harbiy prokuratura, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi Surxondaryo viloyati mintaqaviy bo‘linmasi va viloyati mudofaaa ishlari boshqarmasi faxriylar bilan ishlash bo‘limi hamda bir guruh faxriylar O‘zbekiston Respublikasi “Veteran” jangchi-nogironlar Surxondaryo viloyat bo‘limi va jamoatchilik kengashi a’zolari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi shoirasi D.Jumaeva, Surxondaryo viloyati "Xurayda" adabiy badiiy jurnali bosh muxarriri, shoir, publist N.Ergashev, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi, adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati axborot kutubxona markazi hamkorligida hamda Termiz shahar 17-sonli umumta’lim maktabi yosh ijodkor bir gurux o‘quvchi yoshlar va viloyat MIB huzuridagi chaqiriluvichilarni harbiy-texnik mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash Markazining chaqiriluvchilari ishtirok etdilar.So‘zga chiqqanlar tomonidan o‘zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga sezilarli hissa qo‘shgan atoqli adib va jamoat arbobining ijodiy merosi bugungi kunda yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan ishlarda nechog‘liq qo‘l kelayotgani ta’kidlab o‘tildi. Tadbir davomida shoirlarning kitobxonlar qalbidan joy olgan durdona asarlaridan parchalar o‘qilishi barchada iliq taassurot qoldirdi. Tadbir so‘ngida ananaga aylangan yosh ijodkorlarimizga faxriylarimiz tomonidan estalik sovg‘alari topshirildi.