Rasmiy munosabat
Rasmiy munosabat
Termiz shahar hokimligi ijtimoiy tarmoqdagi “Termiz shahri Shodlik mahallasida yashovchi bir guruh fuqarolar yashab turgan uylari avariyaviy holatda ekani, uylarini ta’mirlashlarini so‘rab qilgan murojaatlariga mutasaddilar yetarlicha e’tibor qaratmayotganini” borasidagi murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.
Shodlik mahallasi A.Temur ko‘chasidagi qurilganiga 1 asrga yaqin vaqt bo‘lgan umumiy hovlili turar-joy haqiqatdan ham favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan yashash uchun yaroqsizligi to‘g‘risida xulosa berilgan.
Hozirgi kunda Termiz shahrining tasdiqlangan Bosh rejasiga asosan mazkur turar-joy binosi buzilib o‘rnidan yangi ob’yekt qurilishi bo‘yicha qisqa muddatlarda investor bilan kelishuv bitimi tuzish choralari ko‘rilmoqda. Bitim imzolangandan so‘ng umumiy hovlili uylarda yashovchi fuqarolar bilan ham kelishuv bitimi tuzilishini ma’lum qilamiz.