Termiz shahrida “Ochiq budjet” axborot portali orqali 2021 yilda erishilgan natijalar to‘g‘risida
Termiz shahrida “Ochiq budjet” axborot portali orqali 2021 yilda erishilgan natijalar to‘g‘risida
Bugungi kunda fuqarolarning davlat budjeti mablag‘larining sarflanish jarayonida ishtirok etishi va mablag‘larni yo‘naltirishda o‘z fikrlarini va takliflarini bildirish imkoniyati yaratilganidan shahrimiz aholisi tomonidan bildirilayotgan tashabbuslar va ovoz berish jarayonida faol ishtirok etmoqdalar.
Muhtaram yurtboshimizning 2021 yil 13 apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli Qaroriga asosan - 2021 yil 1 iyuldan boshlab jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga ajratiladigan tuman (shahar)lar budjetlari qo‘shimcha mablag‘larining eng kam miqdorini 10 foizdan 30 foizga oshirishi belgilandi;
2022 yil 1 yanvaridan e’tiboran respublikaning barcha tuman (shahar)larida tegishli budjetlarning tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 5 foizini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirish bo‘yicha yangi tartibni bosqichma-bosqich joriy etish maqullandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021 yil
22 apreldagi “Mahalliy budjet mablag‘lari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini ta’minlash to‘g‘risida” KQ-213-IV sonli va Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2021 yil 27 maydagi “Termiz shahar mahalliy budjet mablag‘lari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini ta’minlash to‘g‘risida” 200/VI-30-sonli Qarorlariga asosan shahar budjetining tegishli mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirish uchun shahar hokimliklarida budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari shaklidagi “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i ochildi va ushbu hisobvarag‘ga qo‘shimcha mablag‘lar hisobidan 1031,0 mln.so‘m mablag‘ shakllandi.
Termiz shahrida 2021 yilning 01 iyuldan – 31 iyulga qadar “openbudget.uz” portali orqali taklif kiritish jarayoni amalga oshirildi, shahrimizdagi fuqarolari tomonidan jami 147 ta tashabbuslar “Ochiq budjet” axborot portaliga kiritildi;
Ko‘rib chiqish jarayoni 01 avgustdan – 12 avgustga qadar davom etdi, shahar hokimi o‘rinbosari ishchi komissiya rahbarining 2021 yil 10 avgustdagi
“Termiz shahrida jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budjet” axborot portalida shakllangan tadbirlarni o‘rganib chiqish, tahlil qilish va xulosa berish to‘g‘risida”gi
03-03/21-sonli yig‘ilish bayoniga asosan 120 ta tashabbuslar tasdiqlandi va 27 ta tashabbus rad etildi;
Ovoz berish jarayoni 13 avgustdan – 02 sentabr kuniga qadar 20 kun davomida ovoz berish jarayoni davom etdi, fuqarolar tomonidan 30 ta tashabbusga jami 3604 ta ovozlar berilgan bo‘lib, eng ko‘p ovoz to‘plagan 8 ta tashabbus g‘olib deb topildi, Jumladan:
1-oʻrin: Termiz shahar Bolalar va oʻsmirlar sport maktabidagi Sport inshootining tom qismini ta’mirlash va ventilyatsiya tizimini yangidan oʻrnatish (taklif raqami ID: 1200300011) uchun (155,0 mln.soʻm)– 568 ta ovoz;
2-oʻrin: Termiz shahridagi 13-umumta’lim maktabi kirish qismini ta’mirlash (taklif raqami ID: 1200300072) uchun (170,0 mln.soʻm) – 458 ta ovoz;
3-oʻrin : Termiz shahridagi 9-umumiy oʻrta ta’lim maktabining butun tom qismini qayta remont qilish (taklif raqami ID: 1200300102) uchun
(250,0 mln.soʻm) – 361 ta ovoz;
4-oʻrin: Termiz shahar “A.Jomiy” MFYga yangi bino qurish (taklif raqami ID: 1200300024) uchun (100,0 mln.soʻm) – 283 ta ovoz;
5-oʻrin: Termiz shahridagi Obodonlashtirish balansidagi texnikalarga yangi zamonaviy ehtiyot qismlar bilan jihozlashni tashkil etish (taklif raqami
ID: 1200300115) jami 262 ta ovoz toʻplagan boʻlsa-da, joriy yilda Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yo‘llangan 2021-yil 10-sentabrdagi 02-01/150-son xat bilan Davlat dasturi doirasiga kiritilganligi sababli, mazkur taklifga “Fuqarolar tashabbusi” jamgʻarmasidan mablagʻ ajratilmadi.
6-oʻrin: Termiz shahridagi “Eski shahar” MFYga yangi bino qurish (taklif raqami ID: 1200300008) uchun (100,0 mln.soʻm) – 256 ta ovoz;
7-oʻrin: Termiz shahrining Islom Karimov va Istiqlol koʻchalarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish (taklif raqami ID: 1200300009) uchun (100,0 mln.soʻm) – 235 ta ovoz;
8-oʻrin: Termiz shahridagi “Shodlik” MFYga huquq-targʻibot maskani qurish (taklif raqami ID:1200300016) uchun (50,0 mln.soʻm) – 213 ta ovoz;
9-oʻrin: Termiz shahridagi “Majnuntol” MFYga huquq-targʻibot maskani qurish (taklif raqami ID:1200300012) uchun (106,0 mln.soʻm) – 209 ta ovozlar to‘plab g‘olib deb topildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 22 sentabrdagi ““Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘risida” PQ-5250-sonli Qarorining 1-ilovasiga muvofiq Termiz shahriga O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan qo‘shimcha ravishda 500,0 mln.so‘m mablag‘ ajratildi.
Ushbu mablag‘lar Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2021 yil
06-oktabrdagi “Termiz shahrida jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budjet” portalida ovoz berish jarayonlari yakunlanib, eng ko‘p ovoz olgan takliflar ketma-ketligini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-sentabrdagi PQ-5250-sonli Qaroriga asosan moliyalashtirish haqida” VI-36-45-8-121-K/21-sonli Qaroriga asosan, Jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish, baholash, tanlab olish hamda ijrosini monitoring qilish boʻyicha shahar ishchi komissiyasi tomonidan Termiz shahrida jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budget” axborot portali orqali oʻtkazilgan ovoz berish jarayonlari yakunlariga koʻra, eng koʻp ovoz toʻplagan 6 ta taklif tashabbuskorlari ketma-ketligi gʻolib deb topildi, Jumladan:
1-o‘rin: Termiz shahar 5-son oilaviy poliklinikasini tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlash (150,0mln.so‘m) – 190 ta ovoz;
2-o‘rin: Termiz shahridagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabining moddiy texnika bazasini mustahkamlash (80,0 mln.so‘m) – 118 ta ovoz;
3-o‘rin: Termiz shahar 2-Bolalar musiqa maktabiga mebel jihozlarini olish (40,0 mln.so‘m) – 100 ta ovoz;
4-o‘rin: Termiz shahar Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabini zamonaviy mebel bilan ta’minlash (20,0 mln.so‘m) –
92 ta ovoz;
5-o‘rin: Termiz shahridagi Madaniyat uyiga yangi hojatxona qurish
(90,0 mln.so‘m) – 72 ta ovoz;
6-o‘rin: Termiz shahar 11-son umumiy o‘rta ta`lim maktabiga bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida bo‘sh turgan sinfxonalarni zamonaviy ta’mirlab jihozlash (120,0 mln.so‘m) – 59 ta ovozlar bilan g‘olib deb topilgan va “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan to‘liq moliyalashtirilib berilgan bo‘lib, buyurtmachi tashkilotlar tomonidan moliyalashtirilgan mablag‘lar doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Termiz shahrida 2022 yilning 01 yanvar xolatiga jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga ajratiladigan, shahar budjetining qo‘shimcha mablag‘laridan 1 037 961,0 ming so‘m “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasiga” shakllandi.
Termiz shahar Moliya
bo‘limi xodimi: Bo‘riyev Farhodjon Zakirjonovich