Inson dardiga darmon bo‘lmoq – olijanoblikning eng yuksak namunasidir (Abu Ali ibn Sino).
Inson dardiga darmon bo‘lmoq – olijanoblikning eng yuksak namunasidir (Abu Ali ibn Sino).
Ma’lumki, 2022 yil 18 mart kuni Xalqaro forumlar saroyida Prezident Sh.M.Mirziyoyev ishtirokida "Tibbiyotdagi islohotlar - inson qadri uchun" mavzusidagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tgan edi. Albatta, jamiyatimizning asosiy buginlaridan biri bu tibbiyot soxasi xisoblanadi.
Prezident va tibbiyot xodimlari ishtirokida utgan uchrashuvda aholiga tibbiy xizmat sifatini oshirish bo‘yicha muhim tashabbuslar ilgari surildi, keng ko‘lamli vazifalar belgilab berildi.
Kelgusi besh yilda xalqimizni sifatli va malakali tibbiy xizmat bilan ta’minlash, sog‘lom turmush tarzini keng qaror toptirishni Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining eng muhim yo‘nalishi sifatida belgilandi.
Shu qatorda, yoshlarimizni tibbiyot soxasidagi yangilik va isloxatlardan xabardor kilish, talabalarning soglom turmush kechirishlari uchun 2022 yil 21 aprel kuni Termiz davlat universitetining Pedagogika institutida “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularga oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslarini o‘rgatish, oilalarni mustahkamlash, erta nikoh va oilaviy ajralishlarning oldini olish” mavzusida ma’naviy ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Termiz shahar tibbiyot birlashmasi bosh shifokori S.N.Poyonova, akusher-genekolog Muborak Qurbonova, terapevt shifokor Saodat Ko‘charova, shifokor Malika Yo‘ldosheva, Pedagogika, psixologiya va boshlang‘ich ta’limi fakulteti dekani pedagogika fanlari nomzodi, dosent Q.B.Qodirov, xotin-qizlar maslahat Kengashi raisi S.I.Tursunovalar o‘z ma’ruza va videolavxlar bilan, tarbiyachi Bibisora Bo‘ronova talabalar ishtirokida tayyorlangan “Erta nikohning salbiy oqibatlari” mavzusidagi saxna ko‘rinishi bilan qatnashdi. Jumladan, jismoniy madaniyat kafedrasi talabalari ham sog‘lom turmush tarzi tarafdori ekanliklarini namoyish etib, ko‘ksidagi g‘oliblik nishonlari bilan tadbirga ko‘rk bag‘ishlab turdi.
Talabalar tibbiy xizmat turlari va kasalliklarni oldini olish borasida tushunchalarga ega bo‘lishdi va tibbiyot xodimlariga o‘z minnatdorchiliklarini izhor etishdi.