Surxondaryoda oʼtkazilayotgan tibbiy sayyor qabul bugun ham davom etadi
Surxondaryoda oʼtkazilayotgan tibbiy sayyor qabul bugun ham davom etadi
Kecha Termiz shahridagi "Аmudaryo" bolalar sogʼlomlashtirish oromgohida boshlangan tibbiy sayyor qabul bugun, 18 aprelь kuni soat 8:00dan boshlab yana davom etadi.
Viloyat hokimligi Аxborot xizmatining maʼlum qilishicha, tibbiy sayyor qabulning birinchi kunida Termiz shahri va tumanlardan kelgan 3877 nafar fuqaro koʼrikdan oʼtkazilgan.
Ularning 3827 nafarida turli darajadagi kasalliklar aniqlanib, 1289 nafari ambulator sharoitda, 1302 nafari tumanda, 1029 nafari esa viloyatda statsionar tartibda, 207 nafari respublika miqyosida davolanishga tavsiya etilgan. Shuningdek, 100 nafarga yaqin ogʼir bemorda bepul murakkab operatsiyalar amalga oshirilgan.
Sayyor qabulda Surxondaryo viloyati hokimi Toʼra Bobolov va Sogʼliqni saqlash vaziri Behzod Musaev fuqarolarning murojaatlarini tinglagan.