“Yongʼin – qutqaruv sporti” boʼyicha respublika musobaqasiga start berildi
“Yongʼin – qutqaruv sporti” boʼyicha respublika musobaqasiga start berildi
Surxondaryo viloyatida boʼlib oʼtayotgan “Yongʼin – qutqaruv sporti” boʼyicha respublika musobaqasida 19 ta erkaklar va 15 ta ayollar terma jamoasi, umimiy 200 dan ortiq sportchilar ishtirok etishmoqda.
Termiz shahri Surxon markaziy oʼyingohi va Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi sport majmualarida davom etayotgan musobaqaning bugun ikkinchi kuni.
Kuni kecha musobaqaga start berilib, qiziqarli bahslarga boy boʼlgan ishgʼol qilish narvonida oʼquv minorasiga koʼtarilish hamda yongʼin oʼchiruvchilar va qutqaruvchilar estafetalari oʼtkazildi.
Ertaga musobaqaning yakuniy bosqichi oʼtkaziladi.