RАSMIY MUNOSАBАT

RАSMIY MUNOSАBАT
Termiz shahar hokimligi, ijtimoiy tarmoqlarda “Termiz shahar Bogʼishamol mahallasidagi “Yangi hayot” koʼchasi asfalьt qilinganligi, qolgan koʼchalar asfalьt qilinmaganligi yuzasidan aholining noroziligi” boʼyicha qilingan murojaat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi
PQ-5048-sonli qarorida ichki yoʼllarni taʼmirlash dasturi asosida Termiz shahrida 49,7 km ichki yoʼllarni asfalьt qoplamali yoʼllarga aylantirish belgilangan.
Shu jumladan, shaharning “Bogʼishamol” mahallasi “Yangi hayot" koʼchasining 0,35 km qismini taʼmirlash belgilangan boʼlib, ushbu koʼchaning birinchi navbatda boshqa koʼchalar kabi nuqson dalolatnomasi tasdiqlangan, loyiha-smeta xujjatlari davlat ekspertizasidan oʼtkazilib, Respublika yoʼl qoʼmitasida manzilli roʼyxati tasdiqlash uchun taqdim etilgan, manzilli dastur joriy yilning 15 iyunь kunida tasdiqlanib, Moliya vazirligidan mablagʼ ajratilgandan soʼng joriy yilning avgust oyining yakuniga qadar Bogʼishamol mahallasidagi “Yangi hayot” koʼchasi va boshqa koʼchalarga ham asfalьtbeton qoplamasi yotqizilishi maʼlum qilinadi.