TERMIZ SHAHAR PROKURORI KUBUGI

TERMIZ SHAHAR PROKURORI KUBUGI

Bugun, 14 aprel kuni Termiz shahar prokurori, 2-sektor rahbari X.P.Mamatqulovning tashabbusi bilan "Alpomish" sport majmuasida sportning milliy kurash turi bo‘yicha "PROKUROR KUBOGI" bo‘yicha kurash musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
66, 81 va +81 kg vazn toifalarida jami 82 nafar kurashchilar maydonga chiqishdi.

Polvonlar ishtirokida qizg‘in bahs va murosasiz o‘tgan milliy kurash musobaqasida:
1. 66 kg vazn toifasida 3-o‘rinni J.Jumayev (1.000.000 so‘m vaucher), 2-o‘rinni R.Omonov (2.000.000 so‘m vaucher), 1-o‘rinni B.Amandavlatov (3.000.000 so‘m vaucher):
2. 81 kg vaznda 3-o‘rinni M.Ruziyev (2.000.000 so‘m vaucher), 2-o‘rinni X.Mamajonov (3.000.000 so‘m vaucher), 1-o‘rinni Sh.Berdiyev (4.000.000 so‘m vaucher):
3. +81 kg vaznda 3-o‘rinni I.Xolboyev (3.000.000 so‘m vaucher), 2-o‘rinni B.Ashurov (4.000.000 so‘m vaucher) egallagan bo‘lsa, musobaqaning mutloq g‘olibi S.Egamberdiyev oliy o‘rinni olib, unga Termiz shahar prokurori X.Mamatqulov tomonidan 5.000.000 so‘m pul mukofoti taqdim qilindi.