Termiz shahrida “Yangi Oʼzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʼtkazildi.
Termiz shahrida “Yangi Oʼzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʼtkazildi.
Termiz shahar “Farxod” MFYdagi 11-sonli umumtaʼlim maktabida joriy yilning 29 may kuni Mustaqilligimizning 30 yilligiga bagʼishlangan “Yangi Oʼzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida mahallalar aholisi, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʼtkazildi. Tadbirda “А.Jomiy”, “Аmu sohillari”, “Joʼyjangal”, “Majnuntol”, “Maʼrifat”, “Nurli kelajak”, “Pattakesar”, “Surxon sohili” hamda “Eski shahar” mahallalarining fuqarolari, oliy taʼlim muassasalarining talabalari, akademik litsey va umumtaʼlim maktablarining bitiruvchi oʼquvchilari, xalq orasida hurmat qozongan sanʼatkorlar va hamkor tashkilotlar, 4-sektor vakillari, OАV xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbir jarayonida sanʼatkorlar tomonidan badiiy chiqishlar namoyish etildi. Shuningdek, sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan sheʼrlar va kuy-qoʼshiqlar tadbir ishtirokchilariga koʼtarinki kayfiyat ulashdi.