"Biz sog‘lom hayot tarafdorimiz!" shiori ostida Termiz shahrida yurish marafoni o‘tkazildi
"Biz sog‘lom hayot tarafdorimiz!" shiori ostida Termiz shahrida yurish marafoni o‘tkazildi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) 1988 yilda 31 mayni Xalqaro chekishga qarshi kurashish kuni deb e’lon qilgan.Xalqaro chekishga qarshi kurashish kunining global maqsadi hozirgi va kelgusi avlodni tamakining nafaqat sog‘liq uchun salbiy jihatlaridan, balki ijtimoiy, ekologik va iqtisodiy talofatlarning vayronkor oqibatlaridan himoya qilishga qaratilgan.Shu munosabat bilan tamaki va u bilan kurashish maqsadida, joriy yilning 29 may kuni Termiz shahridagi “Alpomish” sport majmuasida "Biz sog‘lom hayot tarafdorimiz!" shiori ostida Termiz shahar hokimligi, viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Termiz shahar tibbiyot birlashmasi, shahar Sport jismoniy tarbiya va sport bo‘limi hamda shahardagi boshqa tashkilotlar va muassasalar tomonidan aholi ishtirokida ertalabki badantarbiya hamda “Istiqlol” ko‘chasi bo‘ylab yurish marafoni o‘tkazildi.