TERMIZ SHAHRIDA ENG ZAMONAVIY AVTOMAKTAB FAOLIYAT BOSHLADI

TERMIZ SHAHRIDA ENG ZAMONAVIY AVTOMAKTAB FAOLIYAT BOSHLADI

Xabaringiz bor, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 11-fevral kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida 3 oy muddatda hududlarda zamonaviy avtomaktab va imtihon markazlarini tashkil etish topshirig‘i berilgan edi.

Bugun 7-aprel kuni shahrimizda ilk bor eng zamonaviy va barcha qulayliklarga ega bo'lgan avtomaktabning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimida Termiz shahar hokimi Isroil Xudoyberdiyev, Surxondaryo viloyat IIB YXHB boshlig‘i Ilxom Soipov, shahar sektor rahbarlari hamda nuroniylar, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Mazkur zamonaviy avtomobil maktabi tadbirkor, “Avtoxavaskor” o‘quv markazi MCHJ rahbari Shuxrat Matyoqubov tomonidan 20 mlrd so‘mga yaqin mablag‘lar hisobidan bunyod etilgan. Bino 3 qavatli bo‘lib, unda 13 ta o‘quv xonalari mavjud. Shuningdek, maktab bir kunda 650 nafar o‘quvchini o‘qitish imkoniyatiga ega. O‘quv markazida 10 ta yuk tashuvchi va yengil avtomobillar o‘quvchilarga amaliy mashg‘ulotlar uchun hizmat qiladi. Hozirda mazkur maktabda 20 nafar yangi ish o‘rinlari yaratilgan bo‘lib, kelgusida to‘liq ish boshlagandan so‘ng qo‘shimcha 20 nafar o‘qituvchi va xodimlar ish bilan ta’minlanadi.

Ma’lumot o‘rnida ushbu avtomobil maktabida ertaga 8-apreldan o‘quvchilar uchun dars mashg‘ulotlarini boshlaydi.