MILLIY ARMIYAMIZ YOSHLAR NIGOHIDA
MILLIY ARMIYAMIZ YOSHLAR NIGOHIDA
Termiz shahridagi 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Buyuk sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, Buyuk Sohibqiron Amir Temur tavalludining 686 yilligi munosabati bilan “Milliy armiyamiz yoshlar nigohida” shiori ostida "Amir Temur buyuk sarkarda va davlat arbobi" mavzuida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.
Tadbirga viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi, Termiz harbiy prokuraturasi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi Surxondaryo viloyat mintaqaviy bo‘linmasi, Termiz shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo‘linmasi vakillari, viloyat Faxriylar ishlari bo‘yicha viloyat kengashi faxriylari, O‘zbekiston Respublikasi “Veteran” jangchi-faxriylar va nogironlar Surxondaryo viloyat kengashi, “Vatanparvar” tashkiloti Surxondaryo viloyati kengashi mas'ul xodimlari, harbiy xizmatchilar va o‘quvchi yoshlar ishtirok etdilar.