Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining XXX sessiyasi boʼlib oʼtdi
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining XXX sessiyasi boʼlib oʼtdi
Sessiyada Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari, shahar hokimi, sektor rahbarlari, hokim oʼrinbosarlari, tashkilot-korxona rahbarlari va OАV vakillari ishtirok etishdi.
Sessiya kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati D.Normuradovaning Termiz shahrida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar hamda Termiz shahrida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni “Yoshlar daftari”dan chiqarish boʼyicha amalga oshirilayotgan ishlar va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratilgan imtiyozli kreditlardan maqsadli foydalanishni oʼrganish maqsadida tuzilgan xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlaridan iborat Ishchi guruhlari oʼrganish ishlarining yakunlari tahlili toʼgʼrisida maʼruzasi tinglandi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala Termiz shahar hokimi I.Xudoyberdievning shahardagi 4 ta sektor rahbarlarining tavsiyasi asosida shahar hududida yashovchi nogiron, surunkali kasallikka chalingan, yakka-yolgʼiz keksa, bevalar va oʼzgalar qaramogʼiga muhtoj, 5 va undan koʼp farzandli, doimiy daromad manbaini yoʼqotgan (shu jumladan, mehnat muhojirlari), eng asosiysi, haqiqatda ehtiyojmand, nochor va moddiy koʼmakka muhtoj yangi oilalarni “Temir daftar”ga kiritilishi toʼgʼrisida maʼruzasi tinglandi.
Shuningdek, kun tartibidagi keyingi masalalar Termiz shahar “Tuproqqoʼrgʼon” mahallasi Umid koʼchasi yoqasida joylashgan 2 va 4 raqamli ikki qavatli turar-joy binosida yashovchi fuqarolarga tegishli boʼlgan xonadonlarning kompensatsiya mablagʼlarini oldindan toʼlab berish yoki uy-joy bilan taʼminlash sharti bilan buzib, oʼrnidan koʼp qavatli turar-joy binosini qurish uchun “Xamidiy” xususiy firmasiga ruxsat berish, Oʼzbekiston Respublikasi “Suv va suvdan foydalanish” toʼgʼrisidagi Qonunining Termiz shahridagi ijrosi, Termiz shahrida faoliyat yurituvchi quyi boʼgʼin sudlari raislarining 2021 yilning 1-choragi davomida odil sudlovni amalga oshirishdagi ish faoliyati toʼgʼrisidagi axborotlari, Pandemiya davrida aholini va tadbirkorlik subʼektlarini inqirozdan chiqarish boʼyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Davlat soliq inspektsiyasi Termiz shahar boʼlimi boshligʼining axboroti, Jinoyatlarning oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi yuzasidan Termiz shahar ichki ishlar boʼlimi boshligʼining 2021 yilning 1-choragi davomida amalga oshirilgan muayyan ishlar toʼgʼrisidagi hisoboti Termiz shahridagi tijorat banklari tomonidan 2021 yilning 1-choragi davomida tadbirkorlik subʼektlarini qoʼllab-quvvatlash hamda imtiyozli kreditlar ajratish boʼyicha koʼrilayotgan choralar samaradorligi hamda 2021 yilning 1-choragida ish bilan taʼminlash borasida Termiz shahrida olib borilgan ishlarning ahvoli toʼgʼrisida shahar Bandlikka koʼmaklashish markazi rahbari axboroti toʼgʼrisida hisobotlari tinglanib, bildirilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi qarori qabul qilindi.