TERMIZ SHAHRIDA YOSHLAR BILAN NAVBATDAGI UCHRASHUV O‘TKAZILDI

TERMIZ SHAHRIDA YOSHLAR BILAN NAVBATDAGI UCHRASHUV O‘TKAZILDI

Bugun, 6-aprel kuni Termiz shahar 2-sektor hududidagi “Shifokor” mahallasida "Sektor rahbarlari va yoshlar uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi, Uchrashuvda Termiz shahar hokimi Isroil Xudoyberdiyev, shahar prokurori, 2-sektor rahbari Xudoynazar Mamatqulovning hamda Termiz shahar IIO FMB boshlig‘i Anvar Normamatovlar ishtirok etdi.

Ushbu uchrashuvda jami 38 nafar yoshlar ishtirok etib, ular tomonidan 17 ta murojaatlar qabul qilindi. Murojaatlarning 9 tasi joyida hal qilinib, 5 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi. Qolgan 3 ta murojaatning ijrosi bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.