Rasmiy_munosabat

Rasmiy_munosabat

Joriy yilning 14 mart kuni “Diyor24.uz” rasmiy kanali orqali “Termiz shahar “Guliston” mahallasi Xorazm ko‘chasida yomg‘ir suvi to‘planib, tabiiy ko‘llar hosil bo‘lganligi to‘g‘risida ushbu hududda yashovchi fuqarolarning mutassaddi tashkilotlar tomonidan mazkur holatni bartaraf etilishi yuzasidan murojaati” yo‘llangan.
Ushbu murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Termiz shahrida 2021-yil "Guliston" mahallasi xududidagi barcha ichki yo‘llar "Obod mahalla" dasturi doirasida joriy ta’mirlangan, “Xorazm” ko‘chasidagi yakka tartibdagi uy-joylarning egalari tomonidan uylarining old qismi betonlanib, suv kirmasligi uchun ko‘tarilgan, yo‘lning asosiy qismi esa yuqoridagi dastur asosida asfalt qilinganligi natijada ushbu ko‘chada joriy yilning bahor mavsumida yog‘ingarchilik vaqtida, ko‘chaning ma’lum qismida suv to‘planish hollari yuzaga kelmoqda.
Mazkur ko‘cha ichki avtomobil yo‘l hisoblanganligi hamda ayrim fuqarolar tomonidan qurilgan uylar o‘zboshimchalik bilan yo‘llarga chiqib ketish xolatlari yuzaga kelganligi bois ariqlar kovlashning vaqtincha imkoni yo‘q.
Yuqoridagilarni inobatga olib, ushbu hududda yashovchi aholi o‘zaro kelishgan holda yomg‘ir suvi ketadigan yer quduqlari (vыgrebnaya yama) qazish ishlarini amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘lishini ma’lum qilamiz.