RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT

Joriy yilning 20-mart kuni ijtimoiy tarmoq orqali Termiz shahar “Turon” mahallasi “Amir Temur” ko‘chasida yashovchi fuqaroning murojaatida mahalla ko‘chasidagi qurilish tufayli aholining uylarigacha loyga botib ketayotganidan shikoyat qilingan murojaat yo‘llangan.
Ushbu holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Termiz shahar “Turon” mahallasi “Amir Temur” ko‘chasi yoqasida TIF "Milliy bank" Surxondaryo bo‘limining kredit mablag‘lari hisobidan dastur asosida pudratchi "Termiz Tezkor Qurilish" ITKT tomonidan 7 qavatli turar-joy binosining qurilish ishlari olib borilmoqda.
Pudratchi tomonidan ushbu ko‘chadan qurilish ishlari davom etayotgan xududga qurilish materiallarini og‘ir yuk tashuvchi texnikalarda olib kirish vaqtida yo‘lni loy qilib tashlagan. Bu borada pudratchi korxona rahbariga qattiq ogohlantirish berilgan.
Mazkur murojaat yuzasidan ko‘p qavatli turar-joy binosining qurilish ishlari yakunlangandan so‘ng ushbu ko‘chaga joriy yilning 3-choragida qayta beton yotqizilib, ta’mirdan chiqarilishni ma’lum qilamiz.