TERMIZ SHAHRIDA NAVBATDAGI JINOYATCHILIK MUHOKAMASI O‘TKAZILDI
TERMIZ SHAHRIDA NAVBATDAGI JINOYATCHILIK MUHOKAMASI O‘TKAZILDI
Jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishda javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash bilan birga, jamoatchilik ishtirokida jinoyat va uning salbiy oqibatlarni muhokama qilib borish ham sodir etilishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarni oldini olishga xizmat qiladi.
Viloyat va shahar IIB rahbariyati hamda Termiz shahar hokimligi tomonidan mahallalarda doimiy o‘tkazib kelinayotgan jinoyatchilik muhokamasi tadbirlari ham ayni maqsadlarga qaratilgan.
Bugun, 30-mart kuni Termiz davlat universitetining yig‘ilishlar zalida viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i Baxrom Xidirov, viloyat IIB xuquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i Abror Xudoyberdiyev, Termiz shahar hokimi Isroil Xudoyberdiyev va shahar IIB boshlig‘i Anvar Normamatovlar tomonidan mahalla fuqarolari, OTM talabalari, keng jamoatchilik vakillari va mutasaddilar ishtirokida sodir etilgan og‘ir turdagi jinoyat muhokama etildi.
Yig‘ilishda, atrofda bo‘layotgan har qanday voqea va hodisaga e’tiborli bo‘lish, unga dahldorlik hissi bilan yashashgina jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishdagi eng samarali vosita ekanligi tushuntirildi.
Uchrashuvlarda jamoatchilik bilan hamkorlikdagi targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, fuqarolarni huquqiy ongini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni muntazam amalga oshirib borishga kelishib olindi.
Termiz shahrida bu kabi tadbirlar tizimli ravishda davom ettiriladi.
Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati