OCHIQ MULOQOT
OCHIQ MULOQOT
Mavzu: Shaharda “Obod mahalla” Davlat dasturining ijrosini taʼminlash borasidagi ishlar.
Termiz shahar hokimi oʼrinbosari Bunyod Djuraev ishtirokida ochiq muloqot oʼtkazildi. Muloqotda OАV xodimlari va ijtimoiy tarmoq faollari ishtirok etishdi va oʼzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.
Ochiq muloqotda hokim oʼrinbosari quyidagi fikrlarni bildirdi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 02.04.2021 yildagi ““Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-5048-sonli qarori ijrosi toʼgʼrisida
Mazkur qaror bilan tasdiqlangan dasturga asosan 2021 yilda jami 2 ta mahallada qurilish, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari uchun jami 101,9 mlrd. soʼm mablagʼlar yoʼnaltirildi.
Xususan,
a) respublika byudjetidan – 8,5 mlrd soʼm;
b) mahalliy byudjetdan – 372,0 mln. soʼm;
v) tarmoq korxonalari - 537,0 mln. soʼm;
g) bank kredit mablagʼlari – 20,7 mlrd.soʼm;
d) aholi va tadbirkorlar, xomiylik mablagʼlari–62,5 mlrd.soʼm;
ye) ichimlik suv dasturi doirasida ajratilgan mablagʼlar-3,0 mlrd.soʼm;
yo) ichki yoʼllar dasturi doirasida ajratilgan mablagʼlar-5,04 mlrd.soʼm;
- j) elektr tarmogʼi dasturi doirasida ajratilgan mablagʼlar-1,2 mlrd.soʼm ajratilishi rejalashtirilib, ushbu mablagʼlar 100% oʼzlashtirilishi hisobiga quyidagi ishlar amalga oshirildi.
- Jumladan,
Аmalga oshirilgan ishlar.
Shahar hokimligi, shahar prokuraturasi, shahar Ichki ishlar boshqarmasi, shahar Davlat soliq inspektsiyasi, shahar Xalq qabulxonasi va tijorat banklari va aloqador tashkilotlar bilan birgalikda ishchi guruxlar tashkil etildi.
Soxalar kesimida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
- ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash boʼyicha:
Dastur doirasida 3,0 mlrd. soʼmlik mablagʼlar hisobidan 6,0 km (Guliston-1,7 km, Shifokor-0,275 km) ichimlik suv tarmogʼini qurish va rekonstruktsiya qilindi hamda “Shifokor” MFYda 1 dona ichimlik suv inshooti (100%) qurildi.
- ichki yoʼllarni yaxshilash boʼyicha:
Maʼlumot uchun, “Obod mahalla” dasturi doirasida 5,04 mlrd. soʼm mablagʼlar hisobidan 13,2 km (Guliston-1,8 km, Shifokor-1,3 km) ichki yoʼllarda asfalьtbeton yotqizildi.
- elektr taʼminotini yaxshilash
Dastur doirasida 1 mlrd 152,0 mln. soʼmlik mablagʼlar xisobidan 2 ta mahallada 8,3 km (Guliston-4,3 km, Shifokor-4,0 km) elektr tarmogʼi tortildi, 3 dona (Guliston-1 dona, Shifokor-2 dona) transformator oʼrnatildi, 99 dona (Guliston-48 dona, Shifokor-51 dona) yogʼoch ustunlar beton ustunlarga almashtirildi.
- gaz taʼminotini yaxshilash boʼyicha:
Dastur doirasida 258,0 mln. soʼm mablagʼlar hisobidan 2 ta mahallada jami 3,0 km (Guliston-2,0 km, Shifokor-1,0 km) gaz tarmoqlari hamda 13 dona (Guliston-8 dona, Shifokor-5 dona) gaz taqsimlash punkti taʼmirlandi.
Obod mahalla dasturi doirasida gaz taʼminoti tizimidagi ishlar 100%ga bajarildi
- aloqa va axborotlashtirish tizimini yaxshilash boʼyicha: Maʼlumot uchun, “Obod mahalla” dastur doirasida, 187,5 mln.soʼmlik mablagʼlar hisobiga 14,9 km (Guliston-6,9 km, Shifokor-8,0 km) optik tolali aloqa tarmoqlari rekonstruktsiya qilindi, 2 dona (Guliston - 1 dona, Shifokor - 1 dona) mobilь aloqa bazaviy stantsiyalar yangidan oʼrnatildi.
- ijtimoiy soha infratuzilmasini yaxshilash boʼyicha:
Dastur doirasida Respublika byudjetidan (8,5 mlrd soʼm)2 ta mahallada 2 ta bogʼcha (Shifokor MFYda 2 ta, 180 oʼrinli 17-sonli MTT va 480 oʼrinli 28-sonli MTT) va Guliston maxallasida 2 ta maktab (17-sonli maktabga 550 oʼrinli qoʼshimcha bino qurish, 18-sonli maktabga 210 oʼrinli qoʼshimcha bino qurish)larda qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. Natijada, Guliston va Shifokor maxallalarida Maktab taʼlimi sohasi hamda maktabgacha taʼlim qamrov darajasi yanada oshdi.
- chiqindilar bilan ishlash (106,0 mln soʼm) infratuzilmasini yaxshilash doirasida (Guliston MFYda 2 dona, Shifokor MFYda2 dona) joylarda 4 ta yangi turdagi modul, konteyner va urnalar oʼrnatilishi rejalashtirilgan, amalda “Bio Texno Eko” MChJ tomonidan manzilli dastur asosida 106,0 mln soʼmlik mablagʼlar hisobidan 4 ta yangi turdagi modulli konteynerlar oʼrnatildi.
- mahalla koʼchalarini obodonlashtirish (266,0 mln.soʼm) doirasida 2 ta (Guliston-565 metr va Shifokor MFYda-830 metr) obʼektlarda 1,6 km piyodalar yoʼlakchasi quriladi, joylarda 26 dona (Guliston MFYda-10 dona, Shifokor MFYda-16 dona) tungi yoritish chiroqlari oʼrnatildi.
- aholini ommaviy sportga jalb qilish (21,0 mln.soʼm) boʼyicha 2 ta obʼektlarda sport maydonchasi (warkaut va boshq.) tashkil etilishi rejalashtirilib, amalda 2 ta sport maydonchalari (warkaut) tashkil etildi.
- Dasturdan tashqari ishlar
Mazkur qaror bilan tasdiqlangan dasturda belgilangan ishlardan tashqari “Guliston” mahallasi xududida 1,5 km (qiymati 165,0 mln soʼmlik) bardior, 1,5 km latok (qiymati 280,0 mln soʼmlik), “Shifokor” mahallasi 6 dona tungi yoritish chiroqlari, “Guliston” mahallasida 150,0 metr ichimlik suv quvurlari, Shifokor mahallasida 1 dona bolalar (35 mln.soʼm) maydonchasi, Guliston mahallasixududida dasturdagi 1 dona sport maydonchasidan tashqari yana 1 dona sport maydonchasi (13,0 mln soʼmlik) oʼrnatib berildi, Shifokor mahallasi xududida 35,0 metr oqova suv tarmogʼi tortib berildi.
Guliston va Shifokor mahallasi xududidagi qurigan daraxtlar qayta xatlovdan oʼtkazilib, olib tashlandi va oʼrniga yangidan xar xil turdagi 1200 dona daraxt koʼchatlari ekildi. Fuqarolarning koʼcha tomondagi 15870 p/metr devorlari oqlanib berildi, 1279 dona daraxtlar oqlandi va xududdagi 32,7 tonna qattiq va maishiy chiqindilar tozalanib, olib chiqib ketildi.
1,2 km piyodalar yoʼlagi tashkil etildi, 1,5 km asfalt yoʼllar yoqasida bardiorlar oʼrnatildi.
Termiz shahar hokimligi va “Suvtaʼminot” MChJ Termiz boʼlimi bilan birgalikda 150 metr ichimlik suv tarmogʼi hashar yoʼli bilan amalga oshirildi. 5 gektar yer maydoniga bogʼ tashkil etish ishlari amalga oshirildi. Ikkita maxalla hududida aholi va tadbirkorlar tomonidan 12 ta savdo, maishiy xizmat koʼrsatish shahobchalari qurilib, 100 dan ortiq yangi ish oʼrinlari yaratildi.