Termiz shahrida sportning karate turi boʼyicha “Janub kubogi” musobaqasiga start berildi.

Surxon vohasi bugun yana bir katta sport bayrami – karate WKF boʼyicha bolalar, oʼsmirlar va yoshlar oʼrtasida “Janub kubogi” musobaqasiga mezbonlik qilmoqda. Musobaqada respublikamizning barcha viloyatlari, Qoraqalpogʼiston Respublikasi hamda Toshkent shahridan, shuningdek, qoʼshni Tojikiston va Qirgʼiziston respublikalaridan 800 nafarga yaqin sportchi-karatechilar ishtirok etmoqda.


Bugun musobaqaning birinchi kuni qizgʼin kurashlarga boy ruhda oʼtdi. Mazkur bellashuvda Oʼzbekiston karate milliy federatsiyasi raisi Nurxon Nafasov va viloyat hokimining turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʼyicha oʼrinbosari Joʼrabek Toʼraevlar musobaqani tantanali ochib berdilar va dastlabki kun gʼoliblarni taqdirlash marosimida ishtirok etishdi.
Ushbu musobaqada 6 yoshdan 17 yoshgacha boʼlgan spotchi oʼgʼil-qizlar joriy yilning 17 may kuniga qadar bahs olib borishadi.