SАYYOR SUD MАJLISIDА OLTI NАFАR FUQАRO MUDDАTIDАN OLDIN JАZO OʼTАSHDАN OZOD QILINDI
SАYYOR SUD MАJLISIDА OLTI NАFАR FUQАRO MUDDАTIDАN OLDIN JАZO OʼTАSHDАN OZOD QILINDI
Sayyor sud majlisida Probatsiya guruhi hisobida turib, mehnatga halol munosabatda boʼlib, tuzalish yoʼliga oʼtgan hamda oʼrnatilgan tartib-qoidalariga qatʼiy rioya qilgan olti nafar mahkum jazo oʼtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi.
Sud-huquq sohasida Konstitutsiyaviy talablar asosida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar tufayli aholining huquq va manfaatlari toʼla taʼminlanmoqda.
Zero, ushbu islohotlardan koʼzlangan asosiy maqsad shu muqaddas zaminda yashayotgan har bir insonni rozi qilish, ularning ezgu orzularini roʼyobga chiqarish, pirovardida insonparvarlik tamoyillariga asoslangan demokratik jamiyatni barpo etishdan iboratdir.
Termiz shahar IIB Probatsiya guruhi binosida sayyor sud majlisida jinoyat ishlari boʼyicha Termiz shahar sudi raisi I.Shaymanov va shu sudning sudьyasi А.Boybilovning raisligida Termiz shahar IIB Probatsiya guruhida jazo oʼtab turgan olti nafar mahkumni Jinoyat Kodeksining 73-moddasiga asosan jazoni oʼtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yuzasidan kiritilgan taqdimnomalar koʼrib chiqildi.
Sud, ish hujjatlarini atroflicha oʼrganib chiqib, insonparvarlik tamoyiliga tayanib, Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasi Probatsiya guruhi hisobida turib, mehnatga halol munosabatda boʼlib, oʼrnatilgan tartib qoidalariga rioya qilgan, oʼzining hulqini ijobiy tomonga oʼzgartirgan, jazoni oʼtash davrida intizomiy jazoga tortilmagan, sodir etgan jinoyatining oqibatlarini toʼla anglab yetib, jazoni oʼtash davrida oʼzining jinoiy qilmishlarini anglab yetgan, tuzalish yoʼliga qatʼiy oʼtgan, sudlar tomonidan oʼrnatilgan taqiq va cheklovlarga toʼliq rioya qilgan, bundan oʼzlariga tegishli xulosa chiqargan olti nafar mahkumlarni Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 73-moddasiga asosan oʼtalmay qolgan jazo muddatidan ilgari shartli ozod qilindi.
Sayyor sud majlisida raislik qiluvchi tomonidan mahkumlarga ularning huquq va majburiyatlari, jazoni oʼtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilinib, jazoning oʼtalmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining
60-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq jazo tayinlash oqibatlari haqida tushuntirishlar berildi.
Sud-huquq tizimida amalga oshiriladigan barcha ishlar zamirida qonun ustuvorligini taʼminlash, odil sudlovga erishish kabi ezgu gʼoyalar yotadi. Аynan inson va adolatli sud oʼrtasidagi oʼzaro munosabatlarda qonuniylikni va adolatni taʼminlaydigan harakatlar zamirida xalqimizning osoyishta hamda rozi boʼlib yashash huquqi turibdi.
Bu bilan sud, sodir etgan jinoyatining oqibatlarini toʼla anglab yetgan va axloqan tuzalish yoʼliga oʼtgan mahkumlarga imkon berilganligi halqimizning kechirimlilik va bagʼrikenglik kabi azaliy qadriyatlarining ruyobga chiqarilishi bilan bir qatorda jazodan ozod etilgan shaxslarning jamiyatda oʼz oʼrnini topishda, oila aʼzolari, farzandlari, shuningdek jazodan ozod qilingan shaxslarning oilalarda tinchlik-xotirjamlikni taʼminlash bilan birga, el-yurt taraqiyoti uchun munosib xissa qoʼshishlariga yana bir imkon yaratdi.
Jamiyatimizda shaxsni tarbiyalash orqali sogʼlom muhit yaratish vazifasi, nafaqat sudlarning, balki keng jamoatchilik, qolaversa, har bir fuqaroning burchi ekanini unutmaslik lozim.
I.SHАYMАNOV,
Jinoyat ishlari boʼyicha Termiz shahar sudining raisi