BRIFING

BRIFING

Termiz shahar hokimi oʼrinbosari Zokir Meyliev ishtirokida brifing oʼtkazildi.
Mavzu: Shaxarda keksalar va nuroniylarni xar tomonlama qoʼllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning ahamiyati.

Brifingda hokim oʼrinbosari quyidagi fikrlarni bildirdi.

Xozirgi kunda Termiz shahrida 37 ta mahalla fuqarolar yigʼini mavjud boʼlib, ularda istiqomat qilayotgan pensionerlar 13137 nafar, shundan ayollar 7032 nafari, front ortida qatnashganlari 60 nafar shundan ayollar 21 nafar, 412 nafar avgʼon urushi qatnashchilari, 5739 nafar keksalar, shundan ayollar 3091 nafari, 881 nafar nuroniylar, shundan ayollar 439 nafari, 383 nafar faxriylar, shundan ayollar 142 nafari, 84 nafar yakka yolgʼiz keksalar, shundan ayollar 63 nafari, 103 nafar oʼzgalar parvarishiga muxtoj keksalar shundan ayollar 68 nafari hamda 1200 nafar 1-2-3-guruh nogironlari shundan ayollar 632 nafarini tashkil qilib kelmoqda.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan jadal islohotlar zamirida xalq farovonligi, yurt taraqqiyoti, yoshlarning porloq kelajagini taʼminlash kabi ezgu maqsadlar mujassam. Аyniqsa nuroniylarga boʼlgan eʼtibor davlat siyosati darajasiga koʼtarilgani muhtaram Prezidentimizning ularga boʼlgan alohida gʼamhoʼrligidan dalolatdir.
Shaharda keksalar va nuroniylarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash borasida tizimli ravishda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Jumladan, Nuroniylarga "Keksalar haftaligi"ga tayyorgarlik koʼrish va uni yuqori saviyada oʼtkazish chora-tadbirlari toʼgʼrisidagi 2021 yil 16-sentyabrdagi 158-sonli bayoniga asosan Termiz shahar Mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash boʼlimi "Namuna" MFY xodimlari tomonidan "Inson taftini inson oladi" shiori ostida barcha mahallalarda uyida yotib qolgan keksalar xolidan xabar olinmoqda. Xaftalik doirasida yaqindagina Termiz shahar Mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash boʼlimi, tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʼlimi va Termiz shahar 5-sonli Oilaviy poliklinikasining tibbiyot mutaxassislari bilan hamkorlikda “Аmu-Sohillari” mahallasida yashovchi oʼzgalar parvarishiga muhtoj boʼlgan yolgʼiz keksalar va nogironlarni chuqurlashtirilgan bepul tibbiy koʼrikdan oʼtkazildi va dori-darmon vositalari bilan taʼminlandi. "Keksalar haftaligi" munosabati bilan Termiz shahrining keksa nuroniy, faol otaxon va onaxonlar Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrida taniqli Dramaturg Xoliq Xursandovning “Muhabbatim-qismatim mening” nomli sahna asarini tomosha qilib maroqli hordiq olishlari uchun teatrga olib borildi.
Surxondaryoda bir guruh nuroniylarga “Mehnat faxriysi” koʼkrak nishonlari topshirildi.
Surxondaryo viloyati hokimi Toʼra Bobolov Prezidentimiz tomonidan taʼsis etilgan “Mehnat faxriysi” koʼkrak nishonlarini oʼz egalariga topshirdi.
Tadbirda taʼkidlanganidek, “Mehnat faxriysi” koʼkrak nishoni bilan turli sohalarda koʼp yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan nafaqa yoshidagi faxriylar, oilalarni mustahkamlash, yoshlarni ona Vatanga muhabbat, istiqlol gʼoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga munosib hissa qoʼshayotgan nuroniylar munosib taqdirlab kelinmoqda.
Har keksadan bir naql eshitsak va uni hayotga qoʼllay olsak, yurtimiz farovon, hayotimiz osuda kechishi bor gap. "Keksalar haftaligi" tadbirlari doirasida oʼtkazilayotgan har kungi tadbirlardan faxriylarimiz juda mamnun.
“Ehtirom, eʼzoz, eʼtibor” shiori ostida faol nuroniylarimizni muqaddas qadamjolarga Sherobod tumanidagi "Аbu Iso at-Termiziy" Termiz tumanidagi "Аl-Hakim at-Termiziy", Termiz shahridagi "Kokildor ota", "Sulton-Saodat", "Qirqqiz" maqbaralariga ziyoratgohlarga olib borildi.
Mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoya qilish, ayniqsa, yolgʼiz keksalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam taʼminlangan oilalarga har tomonlama koʼmak berish, jamiyatimizdagi qator ijtimoiy va maishiy muammolarni bartaraf etishda nuroniylarning bilim va boy hayotiy tajribasidan samarali foydalanish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biriga aylanib bormoqda.
Аyniqsa, keksa avlod vakillarining ijtimoiy faolligini oshirish, ularga hurmat-eʼtibor va mehr-oqibat koʼrsatish, salomatliklarini asrash, turmush sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida soʼnggi yillarda davlatimizning mavjud meʼyoriy-huquqiy bazasi yanada takomillashib, qator qonunchilik hujjatlari ishlab chiqildi. Termiz shahrida Mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash boʼlimi tomonidan "Xorazm" shahriga sayohat tashkillashtirildi. Sayoxat chogʼida 45 nafar nuroniy otaxonlar va onaxonlar juda ajoyib taassurotlar bilan qaytishdi.
Hadislardan birida “Savob ishni har kim, har kun qilishi kerak” deyilgan. Darhaqiqat, ezgulik inson umrini bezaguvchi amallardan biri sanalib, yaxshilik doim oʼzi bilan mehr va muhabbatni ergashtirib yuradi. Termiz shahar "Sanʼat saroyi"da Oʼzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʼiston xalq artisti Maxmud Nomozovning kontsert dasturiga "Keksalar turizm oyligi" munosabati bilan Termiz shahar hokimligi tomonidan 60 nafar nogironligi boʼlgan, ijtimoiy ximoyaga muxtoj, mahalla faollari, xoji onalar keksa nuroniylarga xayriya kontsertiga taklif etildi.
Inson umrini albatta uning yoshi emas, balki hayot mazmuni hisoblanmish el va yurt ravnaqi yoʼlida qilgan mehnati bezaydi. 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Termiz shahar hokimligi tomonidan 20 nafar yakka yolgʼiz keksalar ijtimoiy ximoyaga muxtoj nuroniy onaxonlarimizning xolidan xabar olinib esdalik sovgʼalari berildi.
Soʼnggi yillar mobaynida yurtimizda yolgʼiz keksalar, pensionerlar va nogironlarga koʼrsatiladigan tibbiy-ijtimoiy yordamni kuchaytirish boʼyicha ham ulkan ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Yurtboshimiz rahnamoligida inson qadr-qimmati va shaʼnini ulugʼlash, manfaatlarini himoya qilish boʼyicha amaliy islohotlar olib borilishi xalqimizga xos insoniy fazilatlarning eng yuksak namunalaridan biridir. Keksalarni qadrlash, ularga hurmat-eʼtibor koʼrsatish borasida bizning xalqimizdek bagʼrikeng, mehr-muruvvatli xalq boʼlmasa kerak.