FUQAROLARNING PENSIYA TA’MINOTI TO‘GʻRISIDA SEMINAR O‘TKAZILDI
FUQAROLARNING PENSIYA TA’MINOTI TO‘GʻRISIDA SEMINAR O‘TKAZILDI
Termiz shahar hokimligi katta majlislar zalida mamlakatimizda pensiya, nafaqa va kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, qariyalar va keksa yoshdagilarga har tomonlama g‘amxo‘rlik qilish, fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish va sohada muammolarni bartaraf etish yuzasidan qabul qilingan qaror, farmonlar mazun-mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida seminar tashkil etildi. Seminarda mavzu yuzasidan viloyat budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi boshqarmasi boshlig‘i X.Normamatov, viloyat Soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i S.Raxmonqulov va O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Surxondaryo viloyat Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari A.Karimovlar tomonidan ma’ruza qilinib, tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.
Seminar ishtirokchilari aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha amaldagi qonunchilik talablari, nafaqalar belgilash ko‘rsatgichlari va ularni tayinlash bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar olishdi.