HALQ TA’LIMI FIDOYISI

HALQ TA’LIMI FIDOYISI

"Mehnating hech yerda qolmaydi, bolam" degan gaplari otajonimning haq ekan. Bayramga tuhfa zo'r bo'ldi. Ko'ksimga qadalgan bu nishon men uchun yana bir qadrlisi. Kamtarona xizmatga katta ishonch va e'tibor. Faqat bitta armonim buni otajonim va onajonim ko'rmadilar. Baribir bu armon meni ezaveradi, faqat ularning nurli nigohlari va duoga qo'l ochgan damlari hanuz ko'z o'ngimda.

Balki ruhlari sezib, meni yana yangi maqsadlarga undayotgan bo'lsa ajabmas. Bir kam dunyo degani shudir. Ko'ksimda unvon, uning ostida esa dukillab urayotgan yuragim. Unda sevinch, sog'inch; yangilikka qadam va mas'uliyat.

Farzandlarim-mehribon bolalarim, o'quvchilarim bilan birga yashash hissi... - deydi Termiz shahar 11-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi ona-tili va adabiyot fani o’qituvchisi Dilbar Normurodova.