TERMIZDA BO‘LAJAK ASKARLAR TANTANALI KUZATILDI

TERMIZDA BO‘LAJAK ASKARLAR TANTANALI KUZATILDI

Kecha, 14 mart kuni Janubi g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizonidan Respublikaning barcha viloyatlariga 2022-yil uchun chaqiriluvchilarning muddatli harbiy xizmatga tantanali kuzatish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Janubiy operativ qo‘mondonligi boshlig‘i polkovnik Po‘latjon Sativaldiyev va viloyat mudofaa ishlar boshqarmasi, mudofaa vazirligi jamoatchilik kengashi viloyat bo‘limi a’zolari, askarlarning ota-onalari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Shundan so‘ng harbiy orkestr sadolari ostida askarlarning kundalik hayoti uchun kerak bo‘lgan yuvinish anjomlari va armiya hayot maktabi kitobchasi sovg‘a tariqasida tarqatildi.

Tadbirning ikkinchi qismi bayram dasturxoniga ulanib ketdi va Termiz shahar madaniyat bo‘limi xonandalari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi. Tadbir yakunida jami 430 nafar muddatli harbiy xizmatchilar Termiz temir yo‘l vokzalidan viloyatlarga kuzatildi.