Vazir Surxondaryoda jurnalist va blogerlar bilan uchrashdi
Vazir Surxondaryoda jurnalist va blogerlar bilan uchrashdi
Termiz shahrida Bosh vazir oʼrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov mahalliy jurnalist va blogerlar bilan uchrashuv oʼtkazdi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlar va eksportchilar oʼz faoliyatida duch kelayotgan muammolar, hududda biznes sharoitlarini yaxshilash masalalari, sanoat salohiyatini rivojlantirish va aholi bandligini oshirish chora-tadbirlariga alohida eʼtibor qaratildi.
Jurnalist va blogerlar investitsiyaviy muhitni yaxshilash, tadbirkorlar va mahalliy aholining dolzarb muammolarini zudlik bilan aniqlash jarayonlariga jalb qilishni kuchaytirish, shuningdek, mutasaddi vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimiyat organlari bilan yaqin hamkorlik mexanizmlarini joriy qilish boʼyicha takliflar bildirdilar.
Mutasaddi rahbarlarga suhbat davomida koʼtarilgan muammolarning tezkor hal qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirish topshirildi.