Sen baribir muqaddassan – muqaddas ayol
Sen baribir muqaddassan – muqaddas ayol
Yasharish va yangilanish fasli bo'lmish bahorning ilk bayrami 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan Termiz shahar hokimi Isroil Xudoyberdiyev tashabbusi bilan el-yurt manfaatlari yо‘lida kо‘p yillar sadoqat va fidoyilik bilan xizmat qilgan, hayotning achchiq-chuchugini totigan, mehnat faoliyati davomida yosh avlodni ona-Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalab, ularga tо‘g‘ri yо‘l kо‘rsatgan, hozirgi kunda farzandlari va nabiralari ardog‘ida keksalik gashtini surayotgan faxriylar, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj keksa avlod vakillari, nogiron va yakka-yolg‘iz qariyalar, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan bir sо‘z bilan aytganda, munis onaxonlarimizni xolidan xabar olindi.
Bayram munosabati bilan nuroniy, muhtarama onaxonlarimizga Termiz shahar hokimining tabrigi o‘qib eshittirildi va sovg'alar ulashishdi. E’zozdan qalbi bir olam quvonchga to‘lgan faxriylar va keksalarning tilida va dilida shukronalik bilan yurtimizga tinchlik so‘rab duo qildilar.
Xulosa o‘rnida aytganda, keksalarimizning duoga ochgan qo‘llari, yuzlaridagi mamnunlik ifodasini ko‘rib, ularni qancha ko‘p qadrlab e’zozlasak, hurmat va ehtirom ko‘rsatsak ham shu qadar kam ekanligini yana bir karra his etasan kishi.
Zero, bugungi farovon hayot va shodumon kunlarga yetishimizda ularning beminnat hissasi bor, mehnatlari singgan. Shunday ekan, xonadonlarimiz fayzi, farishtasi bo‘lgan nuroniylarning duosini olib yurish barchamizga nasib aylasin ilohim.