E’LON!

E’LON!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2019-yil 28- noyabrdagi PF-5886-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Termiz shahrida 2022-yilga moljallangan 600 ta uy-joy sotib olish uchun subsidiyalar ajratilgan edi. Hozirgi kunda ushbu ajratilgan subsidiyalar fuqarolar tomonidan to‘liq o‘zlashtirib bo‘lindi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi “Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi 182-sonli qarorining 45-bandiga asosan joriy yil uchun ajratilgan subsidiyalar soni tugaganligi munosabati bilan arizalarni qabul qilish to‘xtatildi.
2022-yil subsidiya uchun qo'shimcha resurs ajratilishi bilan dasturni qayta faollashtirilishi haqidagi xabarni Termiz shahar hokimligining rasmiy saytida e’lon qilinishini ma’lum qilamiz.