Isroil Xudoyberdiev maktab bitiruvchilari bilan uchrashdi

Isroil Xudoyberdiev maktab bitiruvchilari bilan uchrashdi
25 may kuni mamlakatimizdagi barcha maktablarda 2020/2021 oʼquv yili yakunlanadi.
Pandemiya sababli har qancha murakkab boʼlsa-da, bu yilgi oʼquv yili oʼzgacha shukuh va koʼtarinki ruh bilan yakunlanmoqda. Negaki, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev ilk bor maktablarning bitiruvchilariga tabrik yoʼlladi.
Bugun Termiz shahar hokimi Isroil Xudoyberdiev shahardagi 3-umumtaʼlim maktabida boʼlib, bitiruvchilar, oʼqituvchilar va ota-onalar bilan uchrashdi. Prezidentimizning bitiruvchilarga yoʼllagan tabrigini oʼqib eshittirdi.
Shuningdek, shahardagi barcha maktablarda bu kabi tadbirlar koʼtarinki ruhda oʼtkazildi.
Bitiruvchilarga samimiyat, maqsad sari intiluvchanlik, hozirgidek toza qalb va teran tafakkur, halollik doimiy yoʼldosh boʼlishini tilab, ularga esdalik sovgʼalarini topshirdi.