Termizda boʼlajak askarlar tantanali ravishda kuzatildi
Termizda boʼlajak askarlar tantanali ravishda kuzatildi
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 22 fevraldagi “Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv hamda belgilangan xizmat muddatlarini oʼtab boʼlgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga boʼshatish toʼgʼrisida”gi qarori ijrosi doirasida Janubi gʼarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizonidan Respublikaning barcha viloyatlariga Surxondaryo viloyat hokimligi bilan hamkorlikda 2022 yil uchun chaqiriluvchilarning muddatli harbiy xizmatga yuborish tantanali tadbiri boʼlib oʼtdi.
Termiz shahrining markazida joylashgan Motamsaro Ona hayokali yonida boʼlib oʼtgan tadbirda Janubiy operativ qoʼmondonligi boshligʼi polkovnik Poʼlatjon Sativaldiev va viloyat xokimligi Surxondaryo viloyat mudofaa ishlar boshqarmasi, mudofaa vazirligi jamoatchilik kengashi viloyat boʼlimi, Termiz harbiy prokuratruasi, Oʼzbekiston Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat boʼlimi va askarlarning ota-onalari hamda afgʼon urushi qatnashchilari, harbiy pensionerlar va faxriylar ishtirok etdilar.
Janubiy operativ qoʼmondonligi boshligʼi polkovnik Poʼlatjon Sativaldiev soʼz olib Chaqiriluvchi yoshlarimiz oʼzlarining mustaqqil fikriga hamda yangicha dunyo qarashiga, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarga, ajdodlarimiz Sohibqiron Аmir Temur, shox va shoir Zaxriddin Muhammad Bobur, Sulton Jaloliddin Manguberdi jasoratlariga sodiq boʼlgan yoshlar ekanligini muddatli xizmatni oʼtashlari davomlarida namoyon etishlariga biz ishonamiz deb taʼkidlab oʼtdi.
Shundan soʼng harbiy orkestrt kuy sadolari ostida Surxondaryo viloyat xokimligi tomonidan askarning kundalik hayoti uchun kerak boʼlgan yuvinish anjomlari va Аrmiya hayot maktabi kitobchasi sovgʼa tariqasida tarqatildi.
Tadbirning ikkinchi qismi Surxondaryo viloyati xokimi tomnidan tashkil etilgan bayram dasturxoniga ulanib ketdi, u yerda yoshlarga oʼzbek milliy taomlaridan palov tarqatildi hamda Termiz shahar madaniyat markazi xonandalari tomonidan kontsert dasturi namoyish etildi.
Mana hozir boʼlib oʼtayotgan tadbirda mening ham farzandim muddatli harbiy xizmatga yoʼl olyapdi mana shu yerda barcha onalar qatori bugun men uchun katta bir quvonch shu bilan birgalikda farzandimni muddatli harbiy xizmatga yoʼl olishi 8-mart Halqaro xotin-qizlar bayramiga sovgʼa boʼldi deydi Аngor tumanidan kelgan chaqiriluvchi muddatli harbiy xizmatchi Otabek Malikovning onasi Muhabbat Navbatova.
Shundan soʼng soʼzga Termiz tumani mudofaa ishlari boʼlimi chaqiriluvchisi muddatli harbiy xizmatchi Sanjar Joʼraev tuman bosqichida tibbiyot xodimlari tomonidan tibbiy koʼrikdan oʼtganimdan soʼng menga keyingi bosqich yaʼni jismoniy tayyorgarlik yoʼnalishi boʼyicha nazorat sinov mashqlari topshirim kerakligini aytishganilarida juda xursand boʼldim chunki men muddatli harbiy xizmatga yoʼl olish uchun birinchi qadamni bosib oʼtganligimni xis qildim va jismoniy tayyorgarlikdan ham yuqori natijalarga erishib Kuch tuzilmalardan suhbat qilish uchun kelgan harbiy akalarimmiz suhbatlaridan oʼtdim va viloyat bosqichidan ham oʼtib vatan oldidagi burchimni bajarish uchun Jizzax viloyatiga xizmatga yoʼl oldim va mana shu safda turgan yigitlar bilan oldimizga qoʼyilgan vazifalarni aʼlo darajada bajarib qaytishga soʼz beramiz dedi.
Tadbir yakunida muddatli harbiy xizmatchilar Termiz temir yoʼl bekatidan viloyatlarga yuborildi, askarlar uchun moʼljallangan vagonlar Termiz harbiy gospitali tibbiyot xodimlari tomonidan dizenfektsiya qilinib kuzatuvchilarga topshirildi.