RАSMIY MUNOSАBАT
RАSMIY MUNOSАBАT
Joriy yilning 3-mart kuni “Daryo.uz” sayti orqali Termiz shahar “Manguzar” mahalla fuqarolarining murojaati bo‘yicha “Uyimiz gaz hidiga toʼlib, kimdir zaharlanib vafot etishini kutishyaptimi?” Termizliklar ko‘p qavatli uylar muammosi masʼullarni qiziqtirmayotganini aytmoqda” nomli maqola yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz. Ushbu holat “Surxondaryo suv taʼminot” maʼsuliyati cheklangan jamiyati Termiz shahar bo‘limi tomonidan o‘rganib chiqildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2019-yil 14-dekabrdagi “Surxondaryo viloyati Termiz shahri va Termiz tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘gʼrisida”gi SQ-561-III-sonli qarori hamda Surxondaryo viloyat hokimining 2020-yil 6-yanvardagi Q-8-sonli qarorlariga asosan Termiz shahri va Termiz tumani chegaralari o‘zgartirilgan. Chegara o‘zgartirilishi natijasida Termiz tumani hududidan Termiz shahar hududiga 7 ta mahalla fuqarolar yig‘ini kiritilgan boʼlib, "Manguzar" mahallasi ham shular qatoriga kiradi.
Termiz shahar “Manguzar” mahallasi Guliston ko‘chasida markazlashgan oqova suv quvurlari qurilmaganligi uchun 8 ta 2 qavatli uy-joylar 2018 yil “Qishloq Qurilish Invest” MChJ tomonidan qurilgan bo‘lib, oqova suvlarni chiqarib yuborish uchun alohida xandaqlar loyiha bo‘yicha qurilgan.
Shundan ikkitasi 6 va 8-sonli ikki qavatli uylarning kanalizatsiyasi uchun qurilgan hovuzning pastki qismi betonlab tashlangan. Shu sababli oqova suvlarni chiqarish ishlari uy-joy xonadon egalari xisobidan amalga oshirilishi belgilangan.
Muammoni bartaraf etish uchun ko‘p qavatli uylarni markaziy kanalizatsiya tarmog‘iga ulash masalasi mutasaddi tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilgan. Аmmo mazkur uylar pastlikda joylashgani sababli ularni markaziy kanalizatsiya tarmogʼiga ulash dastlabki xisob-kitoblarga asosan 3,2 mlrd.so‘mni tashkil etmoqda, shu boisdan ushbu obʼektni amalga oshirish va fuqarolarning murojaatlarini ijobiy hal etish maqsadida joriy yilda loyiha-smeta xujjatlari ishlab chiqilib, 2023 yil "Investitsiya" dasturiga aosan 1 dona oqova suv ko‘tarish nasos stansiyasi qurish va 1,5 km oqova suv tarmoqlarini tortish ishlari belgilab olingan.
Maʼlumki shaharda ichimlik va oqova suv taʼminotida koʼplab avariyalar yuzaga kelishiga qaramasdan, murojatda keltirilgan hozirgi vaqtda mahalladagi oqova suv xandaqlarida to‘planib va oqova suvlarning toshib ketishi holatlarini bartaraf etish maqsadida tizimli ravishda maxsus transport (Gavnovoz)lar yordamida tozalanib, olib chiqib ketish ishlari belgilanganligi maʼlum qilinadi.