RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT

“Facebook” ijtimoiy tarmog‘idagi Rustam Tog‘ayev nomli profil orqali “Termiz shahri Taraqqiyot ko‘chasidagi ushbu qurilishning noqonuniy ekani haqida qayta-qayta murojaat qilingani qayd etilgani borasidagi murojaat yo‘llangan. Ushbu murojaat Termiz shahar qurilish boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish natijalari yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi:

Murojaatda keltirilgan ushbu ob’ekt O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 04-iyundagi ”2018-2021 yillardagi O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kladastri davlat qo‘mitasi faoliyatining samaradorligini yanada oshirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash to‘g‘risida”gi 420-sonli qaroriga asosan Termiz shahar hokimining 2020-yil 11-maydagi “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti “Survilerloyiha” Surxondarayo viloyati bo‘linmasiga shaharning “Do‘stlik” mahallasi, Taraqqiyot ko‘chasi yoqasidan ma’muriy bino-inshootlarini qurish uchun 2500,0 kv metr yer maydoni ajratish to‘g‘risidagi Q-472 sonli qaror qabul qilingan.
Viloyat qurilish Bosh boshqarmasining 2020-yil 20-iyundan 542/2020-sonli MRT berilgan, loyiha smeta hujjatlarini kelishish bo‘yicha viloyat qurilish Bosh boshqarmasi huzuridagi Arxitektura-shaharsozlik kengashi ishchi organining 2020-yil 22-iyundagi 926-sonli ijobiy xulosa bilan loyiha ishlari tasdiqlangan. Surxondaryo viloyat qurilish nazorati inspeksiyasidan 2020-yil 10-noyabrda qurilish ishlarini boshlash to‘g‘risida 646/2020-sonli ruxsatnoma olingan.
Hozirgi kunda mazkur qurilish ishlari shaharsozlik norma-qoidalari asosida amalga oshirilayotganligini ma’lum qilamiz.