RASMIY MUNOSABAT
RASMIY MUNOSABAT
Joriy yilning 2-mart kuni ijtimoy tarmoq orqali Surxondaryo viloyat, Termiz shahar, "Pattakesar" mahallasi Furqat koʼchasi 62-uydan va mahalla aholisidan “Koʼchamiz yogʼingarchilik boʼlsa yurib boʼlmaydi, har yili shu axvolda yashab kelayapmiz. Murojaat qilamiz bajaramiz deyishdan nariga oʼtishmaydi. Iltimos koʼchamizni asfalt qilib berishingizni soʼraymiz” mazmunidagi murojaat yoʼllangan. Ushbu murojaat yuzasidan quyidagilar malum qilinadi.
Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2019 yil 14 dekabrdagi “Surxondaryo viloyati Termiz shahri va Termiz tumani chegaralarini oʼzgartirish toʼgʼrisida”gi SQ-561-III-sonli qarori hamda Surxondaryo viloyat hokimining 2020-yil 6-yanvardagi Q-8-sonli qarorlariga asosan Termiz shahri va Termiz tumani chegaralari oʼzgartirilgan. Chegara oʼzgartirilishi natijasida Termiz tumani hududidan Termiz shahar hududiga oʼtkazilgan "Pattakesar" mahallasida ichki yoʼllar uzunligi 22,3 km.ni, shundan asfalt qoplamali yoʼllar 2,0 km, 16,3 km shagʼal qoplamali yoʼllar boʼlsa, qolgan 4,0 km uzunlikdagi tuproq yoʼllarni tashkil etadi. Shuningdek, uzunligi 176 metr boʼlgan "Furqat" koʼchasi ham tuproq yoʼl hisoblanadi. Shu boisdan Termiz shahrida iqtisodiy va ijtimoiy ahvoli ogʼir boʼlgan mahallalarning infratuzilmasini yaxshilash boʼyicha manzilli dastur qabul qilingunga qadar, bugungi kunda yoʼl infratuzilmasi ogʼir boʼlgan "Pattakesar" mahallasi hududida tosh toʼshash (GPS) ishlari amalga oshirilmoqda. Yuqoridagi murojaatni inobatga olib, 10 (kun) muddatda mahallaning uzunligi 176 metr “Furqat” koʼchasiga tosh toʼshash (GPS) ishlari amalga oshirilishini maʼlum qilamiz.