MUHOKАMА VА TАKLIF UCHUN

MUHOKАMА VА TАKLIF UCHUN

Barchalaringizga maʼlumki Hurmatli Prezidentimizning oqilona siyosatlari tufayli barcha sohalarda boʼlgani kabi taʼlim tizimida ham soʼngi 5 yil ichida juda katta islohotlar amalga oshirildi.
Аmalga oshirilayotgan mazkur islohotlar natijasida mamlakatimizda bugungi kunda taʼlim sohasi yangi bosqichga koʼtarildi.
Jumladan, joriy yilning 3-fevralь kuni Muhtaram Prezidentimiz tomonidan Xalq taʼlimi tizimini yanada rivojlantirish, sohaga doir yangi tashabbuslarni ilgari surish va ularni qoʼllab-quvvatlash, taʼlim va tarbiya sifatiga bevosita va bilvosita taʼsir qilishi mumkin boʼlgan masalalarni hal qilish, masʼul vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadida F-22-son Farmoyishi tasdiqlandi.
Umumiy oʼrta taʼlim muassasalari direktorlari, pedagog kadrlar, oʼquvchilarning ota-onalari, malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda xalq taʼlimi tizimini isloh qilish boʼyicha yillik xududiy dasturni ishlab chiqilib, muhokama qilish uchun shahar hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirildi.

Faylni yuklab olish uchun

Qadrli hamshaharlar, aziz ustoz-murabbiylar va ota-onalar!

Sizlar tomoningizdan bildiriladigan taklif, mulohaza va fikrlaringiz inobatga olinib, shahar dasturi ishlab chiqilishini maʼlum qilamiz.