Press-tur o‘tkazildi
Press-tur o‘tkazildi
Bugun, Termiz shahar hokimining o‘rinbosari Kamol Ashurov ishtirokida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan ishlash borasida amalga oshirilgan ishlar, 2022 yilgi rejalar to‘g‘risida press tur tashkil etildi. Press-turda jurnalist va ijtimoiy tarmoq faollari ishtirok etishdi.
Mexrobod mahallasida istiqomat qiluvchi, Yoshlar daftarida ro‘yhatda turuvchi Shaxzoda Abrayeva imtiyozli kredit asosida xonadonida qandolatchilik maxsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Hozirgi kunda ikki nafar tengdoshlarini ish bilan ta’minlagan yosh tadbirkor shahrimizdagi ichki bozorlar va buyurtma asosida xaridorlarga qandolatchilik maxsulotlarini yetkazib berib o‘z oilasi byudjetiga hissa qo‘shib kelmoqda.
Press tur davomida jurnalist va ijtimoiy tarmoq faollari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob olishdi.