Matbuot uyida “HOKIM VA YOSHLAR" uchrashuvi o‘tkazildi
Matbuot uyida “HOKIM VA YOSHLAR" uchrashuvi o‘tkazildi
Bugun, 25-fevral kuni Matbuot uyi binosida Termiz shahar hokimi Isroil Xudoyberdiyev 1-sektor hududidagi mahalla yoshlari ishtirokida "Hokim va yoshlar" uchrashuvini o‘tkazdi.
Uchrashuvda yigirma nafardan ortiq yoshlar ishtirok etib, ularni qiynayotgan muammo va takliflari tinglandi.
Mazkur uchrashuvda “Yoshlar daftari”da ro‘yhatda turuvchi 8 nafar yoshlarga “Talabaga madad” loyihasi asosida oliy o‘quv yurtida tahsil olishlari uchun kontrakt to‘lovining bir qismini to‘lab berilishi belgilandi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj uchta yosh oilaning nogironligi bo‘lgan farzandining sog‘ligini tiklashi uchun bir martalik moddiy yordam beriladigan bo‘ldi. Ish so‘rab murojaat qilgan 4 nafar yoshlarning ikki nafari maktabgacha ta’lim tashkilotiga va yana ikki nafari esa “Oravit Cyeramic” MCHJga ishga joylashtirilishi kelishib olindi.
Ijodkor yoshlarni qo‘llab quvvatlash maqsadida bir nafar yoshning ilmiy maqolasini chop etish bilan bog‘liq xarajatlari tegishli tartibda asosida to‘lab beriladigan bo‘ldi.
Qolgan yoshlarning murojaat va takliflarini ijobiy hal etish uchun chora-tadbirlar belgilanib, tegishli mas’ullarga yo‘naltirildi va ijrosi nazoratga olindi.