RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT

 

Joriy yilning 17-fevral kuni itimoiy tarmoq orqali Termiz shahridagi “Temiryo‘lchi” mahallasi, “Yangi hayot” ko‘chasining ko‘p yillardan buyon ko‘cha ta’mirlanmagani bois abgor holatga kelib qolgani aytilgan” murojaat yo‘llangan. Ushbu murojaat yuzasidan Termiz shahar hokimligi quyidagilarni ma’lum qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2019 yil 14 dekabrdagi “Surxondaryo viloyati Termiz shahri va Termiz tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi SQ-561-III-sonli qarori hamda Surxondaryo viloyat hokimining 2020 yil 06 yanvardagi Q-8-sonli qarorlariga asosan Termiz shahri va Termiz tumani chegaralari o‘zgartirilgan. Chegara o‘zgartirilishi natijasida Termiz tumani hududidan Termiz shahar hududiga o‘tkazilgan Nurli Diyor mahallasida ichki yo‘llar uzunligi 2,1km.ni, shundan 1,2 km shag‘al qoplamali yo‘llar bo‘lsa, qolgan 0,9 km uzunlikdagi "Yangi xayot" ko‘chasi tuproq yo‘llarni tashkil etadi. Ijtimoiy tarmoq orqali murojaatda keltirilgan uzunligi 900 metr bo‘lgan “Yangi Xayot” ko‘chasi ham tuproq yo‘l hisoblanadi.

Shu boisdan Termiz shahrida iqtisodiy va ijtimoiy ahvoli og‘ir bo‘lgan mahallalarning infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha manzilli dastur qabul qilingunga qadar, bugungi kunda yo‘l infratuzilmasi og‘ir bo‘lgan "Temir yo‘lchi" (Sobiq "Nurli Diyor" maxallasi hozirda "Temir yo‘lchi" mahalasi tarkibiga kiritilgan) mahallasi hududida tosh to‘shash (GPS) ishlari amalga oshirilmoqda.

Yuqoridagi murojaatni inobatga olib 2 hafta muddatda mahallaning uzunligi 900 metr “Yangi xayot” ko‘chasiga tosh to‘shash (GPS) ishlari amalga oshirilishini ma’lum qilamiz.