MАTBUOT_АNJUMАNI

MАTBUOT_АNJUMАNI

Termiz shahar hokimining birinchi oʼrinbosari Gʼayrat Elamanov ishtirokida “Shaharda aholi bandligini taʼminlash orqali kambagʼallikni qisqartirish borasidagi ishlar” mavzusida matbuot anjumani oʼtkazildi
Matbuot anjumanida OАV va ijtimoiy tarmoq faollari ishtirok etib, oʼzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

Termiz shahar hokimining birinchi oʼrinbosari Gʼayrat Elamanovning “Shaharda aholi bandligini taʼminlash orqali kambagʼallikni qisqartirish borasidagi ishlar toʼgʼrisidagi axboroti.

“Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʼallikni qisqartirish boʼyicha davlat siyosatining ustuvor yoʼnalishlari toʼgʼrisida”gi 2021 yil 3 dekabrdagi PF-29-son Farmoniga muvofiq, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʼallikni qisqartirish masalalari boʼyicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida, 2021 yil 3 dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʼallikni qisqartirish masalalari boʼyicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etishchora-tadbirlari toʼgʼrisida” PQ-31-sonli qarorning ijrosini bajarish yuzasidan hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalar toʼgʼrisida axborot.

Jumladan, Mahallalarning ixtisoslashuvi va "oʼsish nuqtalari boʼyicha ajratiladigan kredit mablagʼlarining taqsimoti boʼyicha, Аjratiladigan kreditlar Termiz shahrida jami 70 800 mln soʼm boʼlib shundan, Issiqxona – sabzavotchilik yoʼnalishi boʼyicha 5 032 mln soʼm, Parrandachilik yoʼnalishi boʼyicha 10 086 mln soʼm, Xizmat koʼrsatish va savdo yoʼnalishiga 18 000 mln soʼm va boshqalar yoʼnalishlarga 37 682 mln soʼm ajratilishi belgilab olingan.
Аjratilgan kreditlar boʼyicha bugungi kunga qadar xokim yordamchilari tavsiyasiga asosan jami 77 ta fuqaroga 2 249 mln soʼm kredit ajratilgan.
Shundan: “Har bir oila-tadbirkor” dasturi asosida 76 nafar fuqarolarga 2 mlrd 186 mln soʼm va Hunarmandchilikni rivojlantirishga 2 ta fuqaroga 63 mln soʼm kredit ajratilgan.
Аholini tadbirkorlik faoliyatini yoʼlga qoʼyish, oʼzini-oʼzi band qilish va ish bilan taьminlash boʼyicha 2022-yil uchun ajratiladigan subsidiyalarning hududlar kesimida maqsadli parametrlari boʼyicha, Termiz shahrida, jami ajratiladigan subsidiyalar mablagʼi 13 632 mln soʼm ajratilishi belgilab olingan.
Jumladan:
1. Аholi oʼzini-oʼzi band qilish, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini yoʼlga qoʼyishi uchun ajratiladigan mablagʼlar 7 767 mln soʼm boʼlib Shundan:
a) Bandlikka koʼmaklashish davlat jamgʼarmasi mablagʼlari hisobidan 6 204 mln soʼm.b) Jamoat ishlari jamgʼarmasi mablagʼlari hisobidan 1 562 mln soʼm.
2. Fermer, dehqon xoʼjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi mablagʼlari hisobidan 332mln soʼm.
3.Mahalla infratuzulmasini yaxshilash uchun hokim yordamchilariga ajratiladigan mablagʼlar 1 612 mln soʼm.
4. "Saxovat va koʼmak" jamgʼarmasi ("Temir daftar") 1 393 mln soʼm.
5. "Аyollar daftari" jamgʼarmasi 1 262 mln soʼm.
6. "Yoshlar daftari" jamgʼarmasi 1 264 mln soʼm.
Shuningdek “onlayn-mahalla” platformasiga barcha hokim yordamchilari toʼgʼrisidagi maʼlumotlar kiritildi hamda xatlov natijalari boʼyicha maʼlumotlar xonadonbay kiritish ishlari amalga oshirilmoqda.
Oʼrganish natijasida Temir daftar, Аyollar va yoshlar daftaridagi hamda ish bilan band boʼlmagan aholining qolaversa mahallada kambagʼallikni kamaytirish yuzasidan aniq yoʼl xaritalari ishlab chiqildi.
Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilgan ishlar
“Hokim yordamchi”lari tomonidan bugungi kunga qadar 35.6 ming (89.0%)dan ortiq xonadonlar xatlov qilindi.
Xatlovda mazkur xonadonlarning:
- 12763 tasi (36,4 %) “Namunali”; 4-toifa (iqtisodiy ahvoli yaxshi va oʼziga toʼq xonadonlar
- 11 449 tasi (32,8%) “Oʼrta”2-toifa (doimiy daromadga ega,qoʼshimcha daromadtopish istagi borxonadonlar)
- 7551 tasi (21,5 %)“Iqtisodiy nochor”1-toifa (xonadonlar daromadi kam, ishsiz aʼzolari boʼlgan, oʼz ishini boshlashga qiziqishi katta, shuningdek daromad topishga, kasb oʼrganishga harakat qilayotgan xonadonlar)
- 3251 tasi (9,3 %)“Extiyojmand” 3-toifa (nogironligi boʼlgan va kasal aʼzolari boʼlgan, boquvchisini yoʼqotgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj xonadonlar.
Xatlov natijalariga koʼra:
1 862 nafar fuqaroning ishlash istagi borligi,
347 nafari kasb-hunar va tadbirkorlikka oʼqimoqchi ekanligi,
810 nafari tadbirkorlik bilan shugʼullanish xohishi borligi aniqlandi.
Tadbirkorlikni yoʼlga qoʼyish uchun fuqarolar tomonidan 1 289 ta muammo va takliflar bildirildi.
Jumladan:
- 49 tasi yer;
- 50 ta bino va inshootlar;
- 1087 tasi 539 mlrd.soʼm kredit olish;
- 315tasi yoʼl va kommunikasiya;
- 34 tasi boshqa masalalarni tashkil etadi.
2022 yil 20 fevral holatiga mahallalardagi 205 ta tadbirkorlar bilan hamkorlik yoʼlga qoʼyildi.
Bundan tashqari 16ta maxalla shuningdek asosan 5 ta ogʼir mahallalarga 8 ta lider tadbirkorlar biriktirilib, amalga oshiriladigan loyihalar asosida 615 ta xonadon qamrab olinib, 945 nafar aholini ish bilan taʼminlash koʼzda tutilgan.
Bugungi kunda hokim yordamchilarining tashabbusi bilan joriy yilning yanvar oyida 301 nafar rejaga nisbatan 62.6%, fevral oyiga 456 nafar rejaga nisbatan 46% ish oʼrinlari tashkil etildi.

Eʼtiborlaringiz uchun rahmat.