Kutubxonachilar uchun seminar-trening tashkil etildi
Kutubxonachilar uchun seminar-trening tashkil etildi
Bugun viloyat axborot-kutubxona markazida “Аholiga axborot-kutubxona xizmati koʼrsatishni sifat jihatdan yanada rivojlantirish” mavzusida seminar oʼtkazildi. Unda viloyat, tumanlar axborot-kutubxona markazlari rahbarlari, masʼul xodimlari ishtirok etdi.
Termiz shahrida Аdib Sobir Termiziy nomidagi viloyat, 13 ta tumanda bittadan axborot-kutubxona markazi faoliyat yuritayotgan boʼlib, kitob fondi 720 ming nusxani tashkil etadi. 320 nafar xodim kitobxonlarga xizmat koʼrsatish, fondlarni toʼldirish va saqlash, mutolaa madaniyatini oshirish va targʼib qilish bilan shugʼullanib kelmoqda.
Seminarda axborot-kutubxona xizmatlari koʼrsatish uchun sifat jihatidan qulay sharoitlar yaratish, oʼz axborot-resurslarini yaratish va sifatli toʼldirib borish masalalarida soʼz yuritildi. Oʼzaro tajriba almashish, kutubxonachilarning amaliy koʼnikmasi va kasbiy mahoratini yanada oshirishga oid taqdimotlar oʼtkazildi.
Tadbirda viloyat Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshligʼi Zahiriddin Toʼraev ishtirok etdi.